Bitimlar Özbekiston delegatsiyasining Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon bankining bahorgi yiğilişlaridagi iştiroki davomida imzolandi deya xabar bermoqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, uşbu mablağlar 5ta sohaga yönaltiriladi va loyihalar tegişli davlat idoralari tomonidan amalga oşiriladi.

Birinçidan, Jahon banki iştirokidagi “Qişloq tadbirkorligini rivojlantiriş (Faza-2)” loyihasi doirasida 200 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent va Xorazm viloyatlaridagi qişloqlarda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlarini yaratişga yönaltiriladi.

Ikkinçidan, “Özbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlaş” loyihasi doirasida 50 mln AQŞ dollari statistika sohasida institutsional islohotlar va salohiyatni oşiriş, statistika ma’lumotlarni şakllantiriş va tarqatiş jarayonlarini takomillaştiriş, sohada uskuna va jihozlarni yangilaşga yönaltiriladi.

Uçinçidan, “Soliq ma’muriyatçiligini isloh qiliş” loyihasi doirasida 60 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar soliq idoralarining operatsion samaradorligi va natijadorligini oşirişga yönaltiriladi.

Törtinçidan, OPEC xalqaro taraqqiyot jamğarmasi bilan “Özbekistonning ötiş davridagi rivojlaniş siyosatini jadallaştiriş” loyihasi doirasida davlat budjetini qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston Respublikasiga 100 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni jalb qiliş bitimi imzolandi.

Beşinçidan, Fransiya taraqqiyot agentligi iştirokida “Yaşil iqtisodiyotga ötiş” loyihasi doirasida davlat budjetini qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston Respublikasiga 150 mln yevro miqdoridagi mablağlarni jalb qiliş bitimi imzolandi.

Ma’lumot örnida, Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon bankining Bahorgi yiğilişlari 2022 yil 18–24 aprel kunlari Vaşington şahrida (AQŞ) ötkazilmoqda.

Mazkur yiğilişlarda dunyoning barça mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari safida moliya va iqtisodiy taraqqiyot vazirliklari, markaziy banklar, investitsiya banklari va reyting agentliklari, fuqarolik va ilmiy jamiyat vakillari tomonidan global iqtisodiyotdagi joriy holat va istiqbollar, kambağallikni qisqartiriş va iqtisodiy taraqqiyot, samarali özaro hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama qilinmoqda.