“Özbekistondan Long Aylandga, endi esa Kaliforniyaga – fidoyilik, şijoat va optimizm imkoniyatlaringiz çegarasini qanday kengaytirişi mumkinligi haqida” – maqolaga ana şunday sarlavha qöyilgan. Quyida maqola ayrim ju’iy qisqartirişlar bilan taqdim etiladi.
Jasur köpinça vaqtini Swirbul kutubxonasida ötkazadi. Şuningdek, uni universitet kampusida uçratib qolişingiz ham odatiy hol. Xulq-atvorida dasturiy muhandislikka muhabbat, tengdoşlari va odamlarga yordam beriş, hayratlanarli işçanlik va alohida muomala madaniyati bor.
Şukurov Adelfiga 2018 yilda Özbekistondan kelgan. U dasturiy muhandislik bilan şuğullanadi, Faxriy Kollej a’zosi. Jasur qabul komissiyasi va Xalqaro xizmatlar bölimida işlagan, u yerda 200 dan ortiq Adelfi talabalari iştirok etgan East Meets West (Şarq va Ğarb uçraşuvi) madaniy tadbirini taşkil etişga yordam bergan. Hozirda u Axborot texnologiyalari boşqarmasida öqituvçi yordamçisi va ilmiy yordamçi sifatida xizmat qilmoqda.
U nufuzli Google Generation stipendiyasi sohibi va bir neçta stajirovkalarni muvaffaqiyatli ötagan. Uning sönggi bor yozda Kaliforniyadagi Amazon kompaniyasida dasturçi muhandis sifatidagi stajirovkasi kompaniya ma’muriyatini şu qadar hayratda qoldirdiki, bu yil bahorda öqişni bitirgandan söng uni töliq ştatdagi lavozim kutmoqda.
“Kurs qiyin bölsa, bundan zavqlanaman, çunki bu men nimanidir örganayotganimni anglatadi”
“Informatika fanini tanlaş yoqimli tanlov edi, – deydi Şukurov. – Men texnologiyaga 14 yoşimdan beri qiziqaman va aynan şu yoşda kodlaşni boşladim. Bu men uçun juda iştiyoqli narsa – bolaligimdan şu soha egasi bölişimni bilardim”.
“Özingiz yoqtirgan narsani qiliş juda muhim, – deya qöşimça qiladi u. – Men çin dildan işonamanki, siz özingiz ahamiyatli hisoblagan har qanday işni qilsangiz, u orqali albatta muvaffaqiyatga erişasiz. Men uçun bu kompyuter fanidir. Kurs qiyin bölsa bundan quvonaman, çunki bu men nimanidir örganayotganimni anglatadi. Darsga boriş heç qaçon zerikarli bölmagan; umuman, qiyinçilikdan zavqlanardim, çunki bu menga yordam berişini bilardim”.














