Toşkent şahri Sergeli tumanida joylaşgan “MY MED” klinikasi diagnostika maqsadida oçilgan bölib, bu yerda bemorlarga taşxis qöyiladi.

Yulduz Usmonova bu biznesini boşlaş uçun “juda katta sarmoya ketgani”ni aytdi.

“Yoşlik paytlari Marğilonda töquvçilik bilan şuğullanganim uçun tadbirkorlik sohasi men uçun birmunça taniş. Bunga qaramasdan, yetarliça bilim va tajribaga ega maslahatçiga ehtiyojim bor edi. Turmuş örtoğim Mansur aka ana şu vazifani uddalay oldi. Bilsangiz, Sergeli tumanida köplab qurilişlar amalga oşyapti va biz ham şu yerlarda biznes boşlaş niyatida edik.

Dastlab, bu joyda tekstil mahsulotlari işlab çiqariladigan korxona oçmoqçi bölgandik. Ammo binoning 2-qavatida klinika oçiş ğoyasini turmuş örtoğim ançadan buyon öylab, pişirib kelayotgan ekan. Şifokorlar bilan maslahatlaşib, obdon öylab, klinika oçişga qaror qildik. Klinika nomidagi “M” va “Y” harflari – turmuş örtoğim va mening ismim birinçi harflaridan olindi.

Sergeli tumanida na davlat va na xususiy klinikalar bölgan. Odamlar davolaniş uçun şahar markaziga qatnaşiga töğri kelardi. Ularning muşkulini oson qiliş ustuvor maqsadlarimizdan biriga aylandi. Men klinika biznesini boşlaşdan osoni bölmasa kerak, deb yurardim. Ammo klinika oçgunça ona sutim oğzimga keldi desam mubolağa qilmagan bölaman. Ilk bosqiçda juda köplab muammolarga duç keldik. Klinikaga munosib tibbiyot xodimlarini, uskunalarini qidirib topgunça katta mablağ ketib qoldi. Biznesga juda katta sarmoya ketib qolgan bölsa-da, aslo puşaymon emasman”.

Biz “MY MED” klinikasi bilan tanişib çiqdik. Markaz mehmonlar qabul qiliş xonasi, bolalar uçun mos dizaynga ega pediatr, zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan ginekolog, LOR, kardiolog, nevropatolog, oftolmolog va sterilizatsiya xonalaridan iborat.