Ushbu yangilikni ko‘plab OPPO foydalanuvchilari kutishayotgan edi. OPPO O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlarida ham ko‘p berilayotgan savol bu:

 – “Qachon Reno seriyasining yangi modellarini olib kelasizlar?”

Va nihoyat, OPPO faxr bilan sizga Reno7 smartfonini taqdim etadi!

Reno7 o‘zining segmentida eng yaxshi kamerofon hisoblanadi. Tasvirlash texnologiyasi, innovatsion dizayn, ishlash samaradorligi va ColorOS 12 ustida ko‘plab ishlar olib borilgani sabab, Reno7 sizga behisob imkoniyatlarni taqdim eta oladi.

Eng asosiysidan boshlaymiz. Kamera.

Reno7 sun’iy intellektga ega uchtalik kamera bilan jihozlangan bo‘lib, asosiy kamerasi 64 MP, Bokeh obektivi 2MP va 15x, 30x darajada kattalashtira oladigan mikroobektiv 2 MP.

32 Megapikselli old kamerasi esa OPPO va Sony bilan birgalikda eksklyuziv ishlab chiqilgan ultra-sezgir IMX709 sensori bilan jihozlangan. Odamlar orasida esa u allaqachon “Mushuk ko‘zi” nomini ham olishga ulgurgan.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, u standart PGB sensorini emas, balki yangi avlod PGBW sensorini ishlatadi. RGBW qizil, yashil, ko‘k piksellardan tashqari, oqiksellarga ham ega bo‘lib,sensorning yorug‘lik qabul qilish darajasini oshiradi, shovqin darajasini kamaytiradi. Bu esa yorug‘lik kam muhitda ham yorqin va aniq tasvirlarni yaratish imkonini beradi.

Bokeh Flare Portre rejimi Reno7’ning asosiy va old kamerasida ham mavjud bo‘lib, bizning mukammallashtirilgan algoritmlarimiz orqa fonni a’lo darajada xiralashtiradi va DSLR kamera darajasidagi ajoyib suratlar yaratishingizga yordam beradi.

Mukammal selfilarni yaratish maqsadida Selfie HDR rejimi va IMX709 sensori sabab kamera orqa fon qorong‘iligini bilsa, avtomatik ravishda yorug‘likni to‘g‘ri sozlashga yordam beradi.