Yarim keçasi ovga çiqayotgan bu maxluq xalq orasida yaxşigina sarosimaga sabab bölgan. Ayrimlar keçalari taşqariga çiqişga ham qörqib qolişgan.

Uşbu maxluq xonadonlardagi uy hayvonlarini böğizlab, çiqib ketmoqda. Bu böri, çiyaböri yoki quturgan it ekanligi ham ma’lum emas. Aholi orasida esa turli miş-mişlar oralaşda davom etmoqda.

“Daladan qaytayotgan tört nafar ayolga ham hujum qilgan. Baqirganlarini eşitib yaqin oradagi odamlar yetib kelişgan. Ovozi juda ham ğalati. Juda ham xunuk narsa. Tumşuqlari uzun. Yo böri yoki it emas” – deydi “Namuna-Böston” MFY faoli Tilavoldi Boltaboyev.

Bu maxluq kirgan xonadonlaridagi qöylarni faqat böğizlab çiqib ketgan, xolos. Faqat bir xonadondan bir dona qöy yöqolgan.

“Tungi soat 3 larda qöylarimizni yeb ketgan. Bu maxluqning nima ekanligini bilmaymiz. 7 ta qöyim bor edi. 6 tasini böğizlab ketgan. Bittasini özi bilan olib çiqib ketgan. Ertasi kuni esa quyonlarimizni ham böğizlab ketgan”, – deydi Dilbarxon Husanova.

Bundan taşqari odamlarga dalada va ba’zan körinib qolganda uylarida ham xujum qilgan. Uni körganlar böri yoki it emasligini ta’kidlaşmoqda.

“Iftorlikka kökat terib olay deb çiqsam, bir narsa xovli tomondan yugurib keldi. Qanaqa qilib qoçib kirib ketganimni bilmayman. Şundan beri taşqariga ham çiqqani qörqyapmiz”, – deya ta’kidladi Hanifaxon Eşonova.

Taşqariga çiqişga ham qörqib qolgan mahalla ahli, qöyxonalari atrofini panjara bilan öraş bilan birga ayrimlar xonadonlar devorlariga tikanli sim tortişga ham majbur bölişmoqda.

Bunday voqea oldinlari bölmaganligi va sönggi ikki oyda 20 dan ortiq xonadondagi 100 ga yaqin qöylarni böğizlab ketilganligi aytildi.