Germaniya ikkinçi jahon uruşi yillarida sodir etilgan natsistlar jinoyatlari uçun kompensatsiya tölaş borasidagi nizo sababli Italiyani Haagadagi BMT xalqaro sudiga berdi.
GFR Italiyani xalqaro sudning 2012 yildagi qaroriga qaramasdan, kompensatsiya tölovlari böyiça Germaniyaga qarşi yangi da’volar kiritganlikda ayblamoqda.
BMT xalqaro sudi ön yil avval Germaniya Italiyadagi natsizm qurbonlariga individual kompensatsiyalar tölamasligi töğrisida hukm çiqargandi.
Germaniya hukumati kompensatsiya masalasi ikkinçi jahon uruşi yakunlari böyiça imzolangan davlatlararo kelişuvlar doirasida hal etilgan deb hisoblamoqda.
Italiya sudiga Germaniya individual kompensatsiya tölaşini talab qilib 25ta da’vo kiritilgan, bulardan 15tasi da’vogarlar foydasiga hal qilingan.












