31 yoşli Ahror Roziqov Farğona viloyati Qöştepa tumani “Sarmozor” MFYda yaşaydi. U bir neça yildan beri uyida ğoz parvarişlab keladi. Ğoz tuxumlarini inkubatorda oçirib jöjalarni sotib yaxşigina daromad topadi.
Ahror Roziqov Rossiyada muhojirlikda yurgan kezlarida ğoz boqişga qiziqib qolgan. U Özbekistonga qaytib kelib parrandaçilik sohasida tadbirkorlikni boşlab yubordi.
“Yoşligimda uyda tovuq va ördak boqib yurganmiz. 2012 yilda Rossiyada işlab yurgan paytimda ğoz fermani körib inkubatorda ğoz oçirişni örgandim. 2015 yilda Özbekistonga qaytib kelganimdan keyin ğoz boqişni boşladim. Avval sinab köriş uçun 100 boş ğoz parvariş qildim. Hozirgi kunda katta ona ğozlarimiz bor. Ularning tuxumini inkubatorda oçiraman.
Inkubatorga qöyilgan tuxumlar 30-31 kunda jöja oçib çiqadi. Yiliga bitta ğozdan 50–60 ta, köpi bilan 80 tagaça tuxum olinadi. Ğozlar asosan tuxum va göşti uçun boqiladi. Katta ğozlarni boğimizda boqamiz.
Inkubatorda harorat va namlik doimiy nazorat qilib turiladi. Inkubatordan çiqqan jöjalarni 3-4 kun davomida don yeydigan darajaga kelguniça saqlab keyin mahalliy bozorlarda sotişni boşlaymiz”, – deydi u.
Yoş tadbirkor Özbekiston şaroitida ğoz boquvçilar kam deb hisoblaydi.
“Katta ğozlarni 100 mingdan 150 ming sömgaça sotyapmiz. Ğoz tuxumi narxi esa 8–10 ming atrofida. Jöjalarini 25 mingdan 30 ming sömgaça sotyapmiz. Ratsion böyiça yem tayyorlaymiz. Ğozlar asosan kök maysani sevib yeydi. Kökalamzorda yurgan ğozlarga yem ham kerak emas. Ular dondan köra kökatni yaxşi körişadi.
Ğozlar suvga ötlarni yeyiş va çömiliş uçungina tuşişadi. Katta ğozlarni göşti uçun ham sotib olişadi.
Uyimizda ğozlarni tez-tez söyib turamiz. Xaridorlar kelib kuygan yara-çaqalarni bitiriş uçun ğoz yoğini olib ketişadi.
Özbekiston şaroitida ğoz boşqa parrandalarga qaraganda kamligi uçun aynan ğoz boqamiz. Bozorga çiqsam sotiladigan tovuq va ördaklar köp. Lekin ğozni bitta men sotaman. Ğozni juda kamçilik boqadi”, – deydi u.
Mavzuga oid
Ahror Roziqovning ta’kidlaşiça, bir yilda bitta ğozdan örtaça 500–600 ming söm daromad qilsa bölar ekan.
“Biz boqayotgan ğozlar 3-4 kilogrammgaça göşt qiladi. Ötgan yili Rossiyadan olib kelgan ğozlarim bor. Ular 8–10 kggaça göşt beradi. Hozirda uyimizda oq rangli linda va jigarrang pekin ğozini parvariş qilyapmiz.
Fevraldan iyun oyigaça inkubatorga tuxum qöyiladi. Yoz faslida çiqqan jöjalar ob-havo isib ketgani uçun yaxşi katta bölmaydi. Biz asosan jöja oçirib daromad qilamiz. Tuxumini sotib daromad qiliş qiyinroq. Jöjalar 2 oyda kattagina ğozga aylanadi. Bir yilda bitta ğozdan 500–600 ming söm daromad topsa böladi. Boğimizda 500 boş katta ğoz bor”, – deydi yoş tadbirkor.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi