Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) Hançjou şahrida Ma ismli şaxs hokimiyatni ağdarişga urinişda ayblanib hibsga olinganini xabar qilganidan söng Alibaba kompaniyasi aksiyalari narxi 6,4 foizga pasaydi.
Xabarda qölga olingan şaxsning töliq ism-şarifi berilmagandi. Hançjou şahrida Alibaba Group kompaniyasining boş qarorgohi joylaşgani sababli qölga olingan şaxs kompaniya asosçisi Jyek Ma ekanligi töğrisida miş-mişlar tarqaldi.
Keyinroq CCTV xabarni tahrirladi va hibsga olingan şaxs 1985 yilda tuğilgan Ma Mumu ekanligini ma’lum qildi. Xabarda aytilişiça, u internetda «yakuniy maqsadi okeanortidagi kuçlar yordamida hokimiyatni ağdariş» ekanligini yozgan.
Mazkur xabardan söng Alibaba aksiyalari narxi yana kötarildi.












