Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon xavfsizlik xizmati mamlakatda xorijiy biolaboratoriyalar yo‘qligini ma’lum qildi
Ozarboyjon mamlakatda ana shunday laboratoriyalar ishlashi to‘g‘risida aniq faktlar taqdim etilishini so‘ragan.
Foto: The Food Safety Agency of the Republic of Azerbaijan
Ozarboyjon xavfsizlik xizmati mamlakat hududida uchinchi mamlakatlar tomonidan moliyalashtiriladigan biolaboratoriyalar yo‘qligini ma’lum qildi.
"Oxirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi vakillari tomonidan Ozarboyjon hududida go‘yoki uchinchi mamlakatlar tomonidan moliyalashtiriladigan biologik qurol sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha markazlar faoliyat ko‘rsatishi haqida bir necha marta fikr bildirildi. Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, respublika hududida bunday laboratoriyalar hech qachon faoliyat yuritmagan, Ozarboyjon yoki qo‘shni davlatlar fuqarolari salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan", - deyiladi xavfsizlik xizmati bayonotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakatda ana shunday laboratoriyalar ishlashi to‘g‘risida aniq faktlar taqdim etilgan taqdirda, Ozarboyjon tomoni bu masalada hamkorlikka tayyor.
"Agarda Rossiya tomoni aniq faktlarni taqdim etsa, buni o‘rganishga tayyormiz", - deyilgan bayonotda.
27 aprel kuni Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev AQSh va uning sheriklari ayrim sobiq ittifoq respublikalari hududlarida harbiy-biologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi biolaboratoriyalar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yganini aytgandi.
Mavzuga oid
12:39 / 07.03.2026
Ozarboyjon Eron bilan keskinlik fonida diplomatlarini qaytarmoqda
15:31 / 06.03.2026
Ozarboyjon Erondagi diplomatlarini evakuatsiya qiladi
22:24 / 05.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon hududiga dron hujumlarini keskin qoraladi
19:49 / 05.03.2026