Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 20 aprel kuni ombudsmanning Samarqand viloyatidagi vakili Diyor Husanov tomonidan viloyatdagi ma’muriy tartibda hibsga olinganlarni saqlaş uçun maxsus qabulxonasi monitoring qilingan.
Monitoring amalga oşirilgan kunda 2020 yilda taşkil etilgan va 60 nafar şaxsga möljallangan mazkur qabulxonada 161 nafar hibsga olingan şaxslar saqlanayotgani, ulardan 8 nafari ayol va qolgan 153 nafari erkaklar ekanligi ma’lum bölgan.

Şuningdek, maxsus qabulxonada saqlanayotgan şaxslarning yaşaş şaroitlari örganilganda kamçiliklar aniqlangan.
Jumladan, monitoring davomida maxsus qabulxonada saqlanuvçi şaxslarning yaqin qarindoşlari uçun taşkil etilgan uçraşuv xonalari yetarli emasligi, natijada mahkumlarning oila a’zolari bilan uçraşuvlarni taşkil etişda uzoq navbatlar vujudga kelayotgani ma’lum bölgan.
Qisqa muddatli uçraşuv xonalarining soni atigi 1 ta bölib, 20 aprel holatiga köra saqlanayotgan 160 nafar mahkum uçun yetarli emasligi aniqlangan. Şu nuqtai nazardan ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan qisqa muddatli uçraşuv xonalarini köpaytiriş böyiça tavsiyalar berilgan.
Qayd etilişiça, muassasada mahbuslar ovqatlanişi va ularga tibbiy xizmat körsatilişi hamda madaniy hordiq çiqarişlari masalalarida kamçiliklar qayd etilmagan.











