Köpçilik kundalik yumuşlarga, işga, öqişga velosipedda qatnaydi. Ravon va xavfsiz yöllarga ega bölgan bu mamlakatda velosipeddan foydalanuvçilar uçun alohida veloyölaklar mavjud. Aholi velosipedda borgan manzilida qiyinçilikka uçramasligi uçun veloturargohlar taşkil qilingan bölib, ularning barçasi bepul. Nosozlik yuz berganda esa istalgan hududda velosiped ta’mirlaş şoxobçalari topiladi.
«Işga boriş uçun velosiped juda qulay transport hisoblanadi. Bir vaqtning özida badantarbiya örniga ham ötadi. Vaqtim ham tejaladi, salomatligimga ham foydali bölgani uçun velosipeddan foydalanaman», deydi yölovçilardan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Şuningdek, şaharda şaxsiy avtomobili bor kişilar ham velosipeddan foydalanişi e’tiborga sazovor. Ular bu transport vositasi soğlik uçun foydali ekanligini e’tirof etişadi.
«Velosiped transport vositasi sifatida hamda soğlom turmuş tarzida qulay. Turargoh uçun ham pul sarflamayman. Şaxsiy avtomobilim ham bor. Ammo undan faqat dökonga borganda foydalanaman. Qolgan vaqtda va işga velosipeddan foydalanaman», deydi stokholmlik velosipedçi.











