Bugun, 11 may kuni “Davlat boşqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş mexanizmlarini takomillaştiriş va uşbu sohada jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentabrdan quyidagilarni nazarda tutuvçi “Ye-Antikorrupsiya” loyihasi töliq işga tuşiriladi:

  • davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlaş va baholaş;
  • korrupsiyaga moyil munosabatlar elektron reyestrini şakllantiriş va yuritiş;
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlar qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş, inson omilini qisqartiriş va tegişli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlaştiriş, şaffoflikni ta’minlaş, jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş orqali bartaraf etiş.

Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oşiriladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovning ma’lum qilişiça, qaror bilan korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etiş böyiça çoralar dasturi tasdiqlangan.

Dasturga köra:

  • OTMlarga öqişga kiriş uçun beriladigan imtiyozlar röyxati yagona hujjatda şakllantiriladi hamda uşbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik töğrisidagi qoida belgilanadi;
  • OTMlarda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlaşning elektron tizimi joriy etiladi;
  • Avtobekatlarda tadbirkorlik obektlarini joylaştirişga ruxsat berişning şaffof elektron mexanizmlari yaratiladi;
  • Taşqi reklama obektlarini joylaştiriş onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda amalga oşiriladi va jamoatçilik nazorati kuçaytiriladi;
  • “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy quriliş holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qiliş imkoni yaratiladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi korrupsiyaga moyil munosabatlar elektron reyestrini (“past”, “örta” va “yuqori” ölçovlarida) şakllantirib, uni internetda oçiq e’lon qilib boradi.

Şuningdek, har bir aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etiş böyiça çoralarni öz içiga oluvçi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuziş amaliyoti yölga qöyiladi.