2022 yil 1 iyundan boşlab mahallalarda mahalla fuqarolar yiğini huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan quyidagi vazifalarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlari taşkil etiladi:
işsiz, ayniqsa qişloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda ötirib qolgan ehtiyojmand ayollar, şuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlaş maqsadida mahallalarda tikuvçilik, qandolatçilik, pazandaçilik kabi yönalişlarda işlab çiqariş va xizmat körsatiş faoliyatini yölga qöyiş;
xotin-qizlar bandligini ta’minlaş bilan bir qatorda, mahallalar geografik joylaşuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ösiş nuqtalarini inobatga olgan holda, tegişli kasblarga va tadbirkorlik könikmalariga örgatişni taşkil etib, ularning kelgusida özlaştirgan kasblari böyiça tadbirkorlik faoliyatini boşlaşiga va uni rivojlantirişiga kömaklaşiş;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, bandligini ta’minlaş, kasb-hunar egallaşi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ularni keng xabardor qiliş maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalar berib boriş;
xotin-qizlar salomatligini mustahkamlaş maqsadida fitnes, şeyping kabi soğlomlaştirişga möljallangan xizmat körsatiş faoliyatini ehtiyojmand xotin-qizlar uçun bepul yölga qöyiş;
soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, xotin-qizlar tibbiy madaniyatini rivojlantiriş, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yölga qöyiş.
Belgilab qöyilişiça:
markazlarga mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlarini barpo etiş, markazlarga davlat granti ajratiş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom asosida davlat granti ajratiladi;
markazlar tuman (şahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjetlarning qöşimça manbalari va qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobidan barpo etiladi;
markazlar mahallalar tomonidan tikuvçilik, qandolatçilik, fitnes, şeyping, xotin-qizlarni kasbga öqitiş faoliyatini taşkil etiş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Markazlar faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:












