Tadbir doirasida zavodga ekskursiya uyushtirilib, yangi mahsulotlar taqdimoti o‘zgacha tarzda o‘tkazildi. Taqdimotda qatnashgan mehmonlar viktorinada ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini sinab ko‘rishdi. Ular orasida eng ziyrak va hozirjavob mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Durable Stone mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga vibropresslangan tosh qoplamalar (bruschatka) tayyorlash jarayoni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari haqida ma’lumotlar berishdi. Mazkur brend ostida 24 turdan ortiq 6 xil rangdagi tosh qoplamalar (bruschatka) ishlab chiqariladi.

Durable Stone o‘ziga xos xolis xizmatni taqdim etadi:

-        Mutaxassislar tomonidan ta’mirlanadigan maydonni bepul o‘lchash va narxlarni hisoblab berish;

-        Loyihaning 3D ko‘rinishdagi vizual ko‘rinishini yaratish (bepul);

-        Katta maydonni qisqa vaqt ichida tosh qoplamalar bilan bezatish;

-        Mahsulotlarga 10 yillik kafolat.

Durable JBI zavodi qurilish sohasining barcha ko‘rinishlari uchun temir-beton mahsulotlarini taqdim etadi: 

  • Turar joy binolari;
  • Sanoat binolari va inshootlari;
  • Shahar infratuzilmasi;
  • Yo‘l qurilishi.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan mehmonlarga Durable JBI mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.