«Azovstal» - Mariupolning rossiyalik harbiylar tomonidan egallanmagan sönggi qismi. Şahar mart oyi boşidan qamal qilingandi. Ukrainlarning «Azov» polki jangçilari ikki oydan oşiq vaqt davomida «Azovstal»da mudofaani uşlab turişibdi.
«Azovstal» zavodi uçun jang qariyb ikki oydan buyon davom etmoqda — rossiyalik harbiylar uşbu hududni oliş uçun mart oyi örtalarida harakat boşlagandi. Hozirda zavod — amalda egallab bölingan Mariupol şahridagi ukrain harbiylari qarşiligining sönggi qal’asidir. Aprel oyi oxirida Vladimir Putin şturmni bekor qilişga buyruq bergandi, ammo «Azovstal» mudofaaçilari doimiy ravişda yangi zarbalar haqida xabar berib kelişmoqda — zavodni egallaş uçun harakatlar davom etmoqda. May oyi boşida xalqaro taşkilotlar iştirokida hududdan tinç aholi vakillari evakuatsiya qilindi, 8 may kuni esa kombinatni himoya qilayotgan «Azov» polki jangçilari «samarali mudofaa uçun barça resurslar» sarflab bölinganini ma’lum qildi. Batalonning telegram-kanalida yarador jangçilar fotosuratlari e’lon qilindi va «sivilizatsiya dunyosi»dan ularni evakuatsiya qilişda yordam söraldi: «Dunyo Mariupolning yarador va mayib bölgan himoyaçilari qanday şaroitlarda ekanini körişi va harakat boşlaşi kerak».
Ukraina hukumati, BMT va Qizil Xoç sa’y-harakatlari bilan zavod hududida yaşiringan yuzlab tinç aholi vakillarini evakuatsiya qilişga muvaffaq bölindi. Endilikda «Azov» jangçilari ham yordam kutişmoqda. Ular katta yöqotişlarga uçragan, oziq-ovqat va boşqa resurslar tugamoqda.
«Azov» bölinmasi 2014 yil mayida Mariupolda 70 nafar köngilli tomonidan tuzilgan. Öşa yil sentabriga kelib bölinma polkka aylangan, noyabrda esa Ukraina milliy gvardiyasi tarkibiga ötkazilgan. Ayni vaqtga kelib «Azov» polki jangçilari soni 800 nafar atrofida.
Mavzuga oid
Strategik port
Ukrainaga bosqinning ilk kunlaridayoq rossiyalik harbiylar va DXR ayirmaçilari asosiy e’tiborni Mariupolni egallaşga qaratdi. Qariyb yarim million aholi yaşagan bu şahar nafaqat Azov dengizidagi muhim port, balki siyosiy ahamiyatga ega şahar ham edi.
2014 yil may-iyun oylarida, ukrain kuçlarining ayirmaçilarga qarşi aksilterror amaliyoti vaqtida Ukraina armiyasi va köngillilar bataloni şaharni qaytarib oladi. Öşa vaqtdan buyon ikkita metallurgiya giganti (Iliç nomidagi kombinat va «Azovstal») hamda bir maşinasozlik zavodi («Azovmaş») bilan osuda yaşab, rivojlanib kelayotgandi.
2022 yil mart oyi boşidayoq Rossiya qöşinlari Mariupolni barça tomondan qurşab oldi va uni dengizdan uzib qöydi. Şahar mudofaasida «Azov» polki, 36-dengiz piyodalar brigadasi, şuningdek çegaraçilar, politsiyaçilar va Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari qatnaşdi.
Mariupolni qamal qilgan RF armiyasi va DXR ayirmaçilari aprel oyi örtalarida ukrain kuçlarini deyarli barça qarşilik öçoqlaridan siqib çiqarişdi, jumladan dengiz porti va Iliç nomidagi zavoddan ham.
Şu bilan birga qamal vaqtida şahar deyarli butkul vayron böldi: Ukraina hukumati ma’lumotiga köra, artilleriya va aviatsiya zarbalari oqibatida binolarning 90 foizi buzilgan, 25 ming atrofida tinç aholi vakillari halok bölgan.
Aprel oyi örtalarida ukrainalik dengiz piyodalarining bir qismi şahar şimolidagi Iliç nomidagi zavoddan qurşovni yorib ötib, janubda joylaşgan «Azovstal»ni himoya qilayotgan «Azov» polki bilan birlaşdi.
Şu bilan birga, Rossiya mudofaa vazirligiga köra, bu bölinmaning katta qismi - ming nafar atrofidagi piyoda asir tuşgan. Keyinroq brigada komandiri Vladimir Baranyuk ham asirlikda ekani ma’lum böldi.
Şu tariqa, Rossiya asosiy e’tiborini «Azovstal» uçun qaratiş imkoniga ega böldi va bu hudud deyarli har kuni öqqa tutila boşlandi. «Ular [rossiyaliklar] bunker uçun bombalar taşlamoqda, raketalar uçirmoqda, artilleriyaning barça turlarini qöllamoqda, quruqlikdan ham, dengizdan ham öqqa tutmoqda», degandi «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko.
«Azovstal» qanday joy?
«Azovstal» - qariyb 100 yillik tarixga ega metallurgiya gigantidir. U Kalmius daryosining çap sohilida ulkan maydonni egallagan. Kompleks daryo va Azov dengizi örtasidagi sohilda joylaşgan. Zavod öz yuk taşiş porti va keng yer osti kommunal tizimiga ega hisoblanadi.
Bu korxonani quriş qarori 1930 yilda SSSR Xalq xöjaligi Oliy kengaşi Prezidiumi tomonidan qabul qilingan. Qulay geografik örni zavodga temir rudasini yetkazib berişda dengiz transportidan foydalaniş imkonini bergan. 1931 yilda zavodning ilk binolari va dengiz portini quriş boşlangan. Ikki yil ötib «Azovstal» çöyanning ilk partiyasini oladi.
1941 yil kuzida, şaharga front liniyasi yaqinlaşib kelganida köplab texnologik agregatlar Uralga köçirilgan. Nemis qöşini 1941 yil 8 oktyabrida Mariupolni egallagan, 1943 yil sentabrida ular çekinişidan oldin zavod yer bilan yakson etilgan: ular asosiy obektlarni portlatib yuborişgan.
1945 yilda zavodda işlab çiqariş tiklanadi. Korxona tez rivojlanadi va metallurgiya mahsulotlari işlab çiqariş böyiça Yevropadagi yetakçi zavodlardan biriga aylanadi. 1996 yilda «Azovstal» ukrainalik milliarder Rinat Axmetovning «Metinvest» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. Rossiya bosqiniga qadar bu yerda 10 ming atrofida odam işlagan.
Zavodning umumiy maydoni - 11 kvadrat kilometr atrofida. Taqqoslaş uçun - bu Kiyev oblastidagi Borodyanka şahrining umumiy hududidan ikki barobar yoki Vatikandan 25 barobar katta.
Kombinat mart oyi örtalarida öqqa tutila boşlandi. Rossiya tomoni «Azovstal» hududida «biokimyoviy laboratoriyalar» bölişi mumkinligini aytişgandi.
«Azovstal»ning 2022 yil aprel oyi örtalaridagi körinişi
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Korxona boş direktori Enver Tskitişvili buni safsata deb atagan. «Mariupoldagi barça korxonalarimiz Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan birinçi haftadayoq töxtab qoldi. Metallurglar işlab çiqariş jarayonida qöllaydigan kimyoviy reaktivlar 25 fevraldayoq yöq qilingan. «Azovstal»da biokimyoviy laboratoriyalarga ega heç qanday maxfiy tunnellar yöq», degan u.
Kombinat hududida sovetlar davrida barpo qilingan bombapanagoh tizimi mavjudligi tufayli yuzlab tinç aholi vakillari şu yerda yaşirinadi.
Ukraina IIV rahbari maslahatçisi Anton Geraşçenkoning ma’lumotiga köra, bunday boşpanalar aviatsiya bombalariga bardoş beradigan qilib qurilgan. Ammo Rossiya armiyasi zavodga bir neça tonnalik bombalarni taşlagan.
Jangçilarni qutqariş uçun harakatlar
Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçukning baholariga köra, «Azovstal»da ming nafar atrofida harbiy bor va ularning vaziyati kundan kunga yomonlaşmoqda, köpçilik yarador.
Zavod hududida dala hospitali taşkil etilgan. E’lon qilingan fotosuratlarga köra, u yerda murakkab jarrohlik amaliyotlari ham ötkazilmoqda, xususan yaradorlarning qöl yoki oyoqlari kesilgan.
Internetda BMTni «azovçilar»ni zavod hududidan olib çiqiş böyiça harakatlarni kuçaytirişga çaqiruvçi petitsiya e’lon qilingan. Hozirgaça bu petitsiya bir yarim milliondan ortiq imzo töplagan.
Mariupol himoyaçilari taslim böliş niyatida emasliklari, şahardan faqat uçinçi davlat kafolati asosida öz qurollari bilan çiqişlari mumkinligini aytişmoqda.
Çorşanba kuni «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko va yana bir jangçi Arseniy Fedosyukning rafiqalari Yekaterina hamda Yuliya Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan uçraşdi. Ayrim ma’lumotlarga köra, zavod hududida yuz nafarga yaqin tinç aholi vakillari ham qolayotgan bölişi mumkin.
Moskva patriarxatining Ukraina pravoslav çerkovi Patriarx Kirillga Mariupol himoyaçilari olib çiqilişi uçun yölak taşkil etişda yordam körsatişni sörab murojaat qilgan.
Rossiya propagandasining «Azov» polki jangçilari doim tinç aholi ortiga bekingani haqidagi da’volariga javoban köpçilik «Azovstal» mudofaaçilari tinç aholi vakillari töliq (yoki deyarli töliq) evakuatsiya qilinganidan keyin yordam söraganiga e’tibor qaratadi.
Katta ehtimol bilan «Azovstal»da malakali şifokorlar ham bor.
Irina Vereşçukning ma’lum qilişiça, Kiyev Moskvaga «Azovstal» zavodida qamalda qolayotgan yarador ukrainalik harbiylarni asirdagi rossiyaliklarga almaştirişni taklif qilgan.
Sönggi ma’lumotlarga köra, ayni vaqtda zavoddagi oğir yarador bölgan 36 jangçini olib çiqiş böyiça «murakkab muzokaralar» ketmoqda.
«Hozir biz faqat 38 nafar oğir yarador bölgan jangçilar böyiça muzokara olib bormoqdamiz. Qadamba qadam işlayapmiz. Dastlab 38 kişini almaştiriş kerak, keyin navbatdagi qadam taşlanadi. Hozir ayrim naşrlarda aytilayotgani kabi 500 yoki 600 kişini almaştiriş haqida gap yöq», degan Vereşçuk.