Nazorat qiliş işlari natijasida 61 ta holat böyiça umumiy summasi qariyb 1 mlrd 339 mln sömlik sifatsiz bajarilgan quriliş-montaj işlar hajmini tölovdan çiqariş böyiça buyurtmaçilarga talabnomalar kiritilgan. 

Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 4R199 avtomobil yölining 0-37 kilometrlari oraliğida ötkazilgan joriy ta’mirlaş natijasida 129,3 mln sömlik işlar sifatsiz bajarilgan.

Bundan taşqari, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 53-maktabga olib boruvçi içki yölni ta’mirlaşda – 112,9 mln sömlik, Buxoro viloyatidagi Vobkent va Romitan tumanlari hududida joriy ta’mirlaş natijasida 47,2 mln sömlik işlar sifatsiz bajarilgani, talabga mutlaqo javob bermagani uçun hisobdan çiqarilgan, ya’ni puli tölab berilmaydi.

35 ta holatdagi 406,33 million söm miqdorida bölgan sifatsiz bajarilgan işlar bartaraf etilişiga erişilgan. Qolgan 26 ta holatdagi 932,48 million sömlik sifatsiz işlar masalasi hududiy davlat inspektorlarining nazorati ostiga olingan.

Bundan oldin Özbekistondagi köpriklarning qariyb 6 mingtasi ta’mirtalab ekani xabar qilingandi.