Toşkent viloyati Parkent tumanida sel kelişi hodisasi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinişiça, 14 may kuni soat, taxminan, 17:50 da Toşkent viloyati Parkent tumani Çangi qişloğida qisqa muddatli kuçli yomğir yoğişi oqibatida sel oqimi hosil bölgan.
Soylarda sel suvlarini tölib oqişi, içki ariqlar quvurlariga şox-şabba va toğ jinslarining tiqilib qolişi oqibatida içki köçalarga va aholi tomorqalariga sel suvlarining toşişi holatlari kuzatildi.
Yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş maqsadida Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rahbariyati, qutqaruv bölinmalari, tuman yiğma mexanizatsiyalaştirilgan otryadi texnikalari, hamda FVDQTning tegişli xizmatlari kuç va vositalari tomonidan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Aholi xonadonlari, içki köçalarda töplanayotgan suvlarni çiqarib taşlaş işlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida ham kuçli yoğingarçilik kuzatilganini xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, 14 may kuni soat 18:20 larda Toşkent viloyati hududi böylab qisqa muddatda kuçli yomğir yoğişi natijasida viloyatning Yuqori Çirçiq tumani «Navbahor» MFY hududidan oqib ötuvçi Yayilmasoy özanida yomğir suvlari toşişi sodir bölgan. Buning oqibatida Obod turmuş köçasida joylaşgan, taxminan, 25 ta aholi xonadoni, tomorqa yer maydonlariga suv kirişi kuzatilgan.
Sodir bölgan hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda uning hududiy bölimi, Yuqori Çirçiq tumani Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimiga kiruvçi korxona va taşkilotlarning kuç vositalari jalb etilib, aholi xonadonlarida suv tortiş işlari olib borildi. Hozirda toşqin suvlari talafotlari bartaraf etilgan.













