Imtihon yana oçiq havoda böladimi?

Hozirça bu aniq emas.

DTMning ma’lum qilişiça, test sinovlarini ötkaziş uçun binolar röyxati 2 xil variantda şakllantirilgan. Agar pandemiya vaziyati bölmasa, 99 ta katta siğimdagi an’anaviy binolarda imtihon ötadi. Agar pandemiya bölsa, 53 ta stadion va xiyobonda imtihonlar ötkaziladi.

Mutaxassislik fanlari darajalanmoqda

Oldingi yilgi qabulda mutaxassislik blokidagi 2 ta fanga teng – 3,1 balldan berilgan edi. Bu yil esa şu 2 ta fan muhimliligiga qarab darajalandi.

Masalan, matematika yönalişi uçun 1-fan matematika (har töğri javobga 3,1 balldan) , 2-fan esa fizika (har töğri javobga 2,1 balldan) böldi.

Bu özgarişga Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov izoh bergandi.

“Oldingi yil mutaxassislik blokidagi 2 ta fanga bir xil ball berilgan bölsa, bu yil birinçi fanga 3,1 balldan, ikkinçi fanga 2,1 balldan beriladi. Bunday özgarişning sababi bor. Masalan, matematika yönalişiga matematikadan, fizika yönalişiga esa fizikadan bilimi yuqori yoşlar kirişi kerak. Oldingi yil esa aksinça bölgan holatlar ham böldi: fizikani yaxşiroq biladigan bola matematikaga öqişga kirib qiynalgan holatlar böldi.

Bundan taşqari, bir xil ball beriş bir semestr öqiş tugagandan söng talabalar özi yaxşiroq bilgan yönalişga öqişini köçirişga harakat qiliş holatlariga ham olib keladi”, – deya izoh berdi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov.

5 ta yönaliş tanlaş qamrovi ham torayadi

Mutaxassislik fanlarining darajalanişi abituriyentlarning 5 ta yönaliş tanlaş imkoniga ham ta’sir qiladi. Endi abituriyentlar ötgan yilgidek mutaxassislik blokida mavjud 2 ta fanga qarab emas, balki ularning birinçi yoki ikkinçi fanligini ham hisobga olib 5 ta OTMni tanlaydi.

Majburiy fanlarga beriladigan ball kamaydi

Barça test topşiruvçilar uçun majburiy bölgan 3 ta fan – matematika, ona tili va Özbekiston tarixi böyiça 10 tadan jami 30 ta savol tuşadi va ularga 1,1 balldan beriladi. (Ötgan yili majburiy blok uçun 2,1 balldan berilgan)

Majburiy blokdan jami töplaş mumkin bölgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yönalişiga mos bölgan 2 ta fan böyiça esa jami 60 ta savol beriladi. Birinçi fandan töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 93 ball, ikkinçi fandan töplaş mumkin bölgan maksimal ball esa 63 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 öquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan böyiça jami 90 ta test topşiriği beriladi. Bunda töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 189 ballni taşkil etadi.

Test işlaşga ajratiladigan vaqt

“Bu yil kiriş imtihonlarida abituriyentlarga testlarni işlaş uçun 3 soat vaqt beriladi. Vazirlar Mahkamasining test topşiriqlarini ötkazişga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uçun bir soat vaqt berilişi yozilgan. Demak, 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi”, deya ma’lumot berdi DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov.

6 ta OTMda test ijodiy imtihonga özgarmoqda

Fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan:

  • Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat çet tillari instituti;
  • Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti.

Şuningdek:

  • Toşkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qöqon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat ta’lim yönalişlarida çet tilidan test emas, tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş hamda gapiriş kompetensiyalarini aniqlaş va baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.

Bunda uşbu OTMlarning birinçi fani çet tili bölgan yönalişlarida abituriyentlar ijodiy imtihon topşiradi. DTM ingliz tili böyiça ijodiy imtihonni kompyuter variantda, qolgan tillar böyiça esa qoğoz variantda olişni reja qilgan.

Bu yönalişlarga topşiradigan abituriyentlar uçun eng murakkab va tavakkalli tomoni – ular mana şu 6 ta OTM doirasidagina 5 ta yönaliş tanlaşi mumkin böladi. Sababi boşqa OTMlarda çet tili imtihoni test körinişida olinadi va savollar turi bir-biridan farq qiladi.

Ba’zi yönalişlarda imtihon olinadigan fanlar özgargan

Davlat OTMlarida ta’lim yönalişlari soni – 461ta, şundan 7 foizida 2 ta fanning örni özgargan. Bitta fan özgargan ta’lim yönalişlari esa 2,8 foizni taşkil qilgan bölsa, faqatgina bitta yönaliş – biotibbiyot muhandisligi yönalişida mutaxassislik fanlari butunlay özgargan.

Jumladan, filologiya va özbek tili va adabiyoti yönalişlarida ham ikkinçi fan – tarix örniga çet tili kiritildi.

Test topşiriş uçun tölovdan ozod qilinuvçilar röyxati kengaygan

Maktab yoki kollej, litseyni bir yil avval tugatgan abituriyentlarning barçasi kiriş imtihonlarida qatnaşiş uçun pul tölaydi. Bu yildan boşlab kiriş imtihonlari uçun tölov undirilmaydigan abituriyentlar toifasiga:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoşlar daftari”da röyxatda turuvçi yoşlar ham kiritildi.

Bungaça ozod qilinganlar röyxatida nogironligi bölgan şaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar şaharçasining bitiruvçilari bor edi.