2022 yilgi kirish imtihonlarini qanday o‘tkazish rejalashtirilyapti?
Bu yil maktabni 600 ming o‘quvchi bitiradi. Oldingi yillarda maktablarni bitirganlarni ham qo‘shib hisoblasa, jami 1 mln 7 ming abituriyent OTMga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinyapti.
Bugun, 29 mart kuni Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi va 2021/2022 yilgi qabul bo‘yicha qilinayotgan rejalar ma’lum qilindi.
Anjumanda Davlat test markazi direktori Majid Karimovning ma’lumot berishicha, bu yilgi test sinovlari uchun tayyorgarlik boshlangan.
“DTM tomonidan 2022 yilda 50ga yaqin test turlari o‘tkazilishi va unda 2 mln atrofida talabgorlar qatnashishi kutilyapti.
OTMlarning bakalavriat bosqichiga kirish uchun 1 mlndan oshiq abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti. Test sinovlarini o‘tkazish uchun binolar ro‘yxati ham shakllantirilgan. Agar pandemiya vaziyati bo‘lmasa, 99 ta katta sig‘imdagi an’anaviy binolarda imtihon o‘tadi. Agar pandemiya bo‘lsa, 53 ta stadion va xiyobonda imtihonlar o‘tkaziladi”, dedi Majid Karimov.
DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning aniqlik kiritishicha, maktablarni 600 mingdan oshiq o‘quvchi bitiradi. Ularni qo‘shib hisoblaganda, bu yilgi qabulda jami 1 mln 7 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilinyapti.
Matbuot anjumanida chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 6ta OTM bilan bog‘liq rejalashtirilayotgan yangiliklar ham ma’lum qilindi.
Chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihon olinadigan 6ta OTM:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillari instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika institutiga 40 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti.
Ushbu 40 ming nafar abituriyentning 34 mingi ingliz tilidan imtihon topshirishi, qolgan 6 ming nafari esa boshqa chet tillari yo‘nalishlarida ekani taxmin qilinyapti. Ingliz tilida katta kontingent – 34 ming abituriyent borligi hisobga olinib, bu fandan ijodiy imtihon kompyuterda onlayn olinishi, qolgan 6 ming abituriyentdan esa boshqa chet tillaridan imtihonlar qog‘oz shaklida olinishi mumkin. Barcha turdagi imtihon savollari oldindan sinovdan o‘tkazilib, yangiliklari e’lon qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
-
Ispaniya O‘zbekistonda yirik nasos stansiyalarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazadi
Iqtisodiyot | 13:13
-
Uitkoff Tramp Putin bilan telefonda gaplashmoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

15:16 / 02.03.2025
Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tiliga aylantirdi

21:19 / 28.02.2025
WSJ: Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili sifatida e’lon qilmoqchi

17:17 / 22.01.2025