Davlat test markazining ma’lum qilişiça, qonunçilikka muvofiq, kiriş imtihoni ötkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun BHMning yarim baravari miqdorida tölov undiriladi.
Öqişni test ötkazilayotgan yili tugatgan bitiruvçilar, nogironligi bölgan şaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar şaharçasining bitiruvçilaridan bunday tölov undirilmaydi.
Prezident farmoniga köra, tölov undirilmaydigan abituriyentlar toifasiga:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoşlar daftari”da röyxatda turuvçi yoşlar ham kiritildi.
Bu yilgi qabulda bu ikki toifadagi abituriyentlar ham imtihon uçun pul tölamaydi.

















