NATO kengaymoqda, Kremlning reaksiyasi hayratlanarli darajada bosiq - nima uçun?
|03:18 / 18.05.202261 81910 min
Ukraina alyansga qöşilişiga jon-jahdi bilan qarşi turgan Putin nega endi qat’iy pozitsiyada emas? Turkiya Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişiga qarşilik qiliş orqali nimani közlagan?
Kremlda uruşning uçinçi oyi yakunida Rossiyaning asosiy harbiy ittifoqçilari yiğildi. Lukaşenkodan boşqa heç kim Ukraina haqida gapirmadi. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson duşanba kuni mamlakat NATOga a’zo böliş töğrisida murojaat qilişini e’lon qilganidan söng tez orada Şimoliy Atlantika alyansi ikki yangi a’zo - Şvetsiya va Finlandiya hisobiga kengayişi, NATOning Rossiya bilan çegaralari jiddiy darajada uzayişi ayon böldi.
Şu kuni Moskvada Belarus, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari iştirokida KXŞT sammiti bölib ötdi. Uçraşuv davomida Vladimir Putin Şvetsiyadan kelgan xabarlarga ança bosiqlik bilan munosabatda böldi, ammo yana bir bor Ukrainaga tanqid yoğdirdi.
«Bizda hududiy bahslar yöq»
Moskva Ukrainaga bostirib kirilişi arafasidagi oylarda NATOning kengayişiga qattiq qarşilik körsatgani bilan soliştirganda Kremlning hozirgi reaksiyasi köpçilik uçun ğalati tuyulmoqda.
Aftidan, Kremldagilar ham buni his qilişdi hamda Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bölişi bilan boğliq vaziyat Ukrainaning ehtimoliy a’zoligidan qançalik farq qilişini tuşuntirişga şoşilişdi.
Ma’lumot uçun, Ukrainaning bloklardan xoli maqomi - Moskvaning Kiyev bilan tinçlik muzokaralaridagi asosiy talablaridan biri.
«Bizda Finlandiya bilan ham, Şvetsiya bilan ham hududiy bahslar yöq, Ukraina NATO a’zosiga aylangan taqdirda, Rossiyada alyans a’zosi bölgan davlat bilan hududiy nizo vaziyati yuzaga kelgan bölardi, bu esa butun qit’a uçun juda katta xavf tuğdirardi», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yanvar oyida Moskva NATOdan şarq tomon keygayişni bas qiliş, alyansga sobiq SSSR davlatlari, jumladan Ukrainani qabul qilmaslik, bu davlat bilan har qanday harbiy hamkorlikdan boş tortiş, şuningdek harbiylarini Markaziy va Şarqiy Yevropa, şuningdek Boltiqböyi davlatlari hali alyansga qöşilmagan 1997 yildan oldingi pozitsiyalarga qaytarişni talab qilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin öşanda 1949 yilgi Şimoliy Atlantika şartnomasi yangi a’zolarni NATOga yangi a’zolarni yollaş majburiyatini yuklamaganini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
Foto: Getty Images
Geosiyosiy-tarixiy muammomi?
Duşanba kuni KXŞTning Moskvada ötkazilgan yubiley sammitida Vladimir Putin yana bir marta Ukraina manziliga qaratilgan standart ayblovlar töplamini takrorlab, «Rossiya çegaralari yaqinida biologik qurol komponentlari yaratilgani»ga oid qandaydir «hujjatli dalillar» topilgani töğrisida eslatib ötdi.
Putin yana bir bor Ukrainada «neonatsizm haddan oşgani» mavzusiga qaytdi va Ğarbni bunga köz yumayotgani uçun qoralab, Ukrainada natsistlar davlat darajasida uluğlanişini qayd etdi.
Umuman olganda, alyansga faqat sobiq sotsialistik mamlakatlar yoki sobiq sovet respublikalari a’zo bölib kirgandagina NATOning kengayişi Kreml uçun nomaqbul va haqoratli körinişi haqidagi taassurot oldindan mavjud edi.
Politolog Tatyana Stanovayaning yozişiça, gap şundaki, «Putin uçun NATO muammosi hamişa harbiy-strategik emas (harbiy tahdid asosiy argument sifatida işlatiladigan bir bahona), balki geosiyosiy-tarixiy ahamiyatga ega bölgan. Ya’ni NATO Ğarbda mavjud bölsa bölaversin, lekin «bizda» emas. Ukraina, Gruziya, Moldova - bular «biz bilan». Tarixan «biz bilan» bölgan».
«Darvoqe, şu munosabat bilan hozir harbiy doiralarda ğazablaniş kuçaygan, ular NATOni harbiy-strategik tahdid deb hisoblaşadi va Putinning «mantiği»ni xato deb hisoblaşadi - u «biznikilar» (özining tuşunçasi böyiça) makonini himoya qiladi, ammo Rossiyani strategik jihatdan zarba ostida qoldiradi», deb hisoblaydi Stanovaya.
Şvetsiya - NATOda, ammo yadro qurolisiz-mi?
Şvetsiya boş vaziri Yeva-Magdalena Andersson mamlakat NATOga qöşilmoqçiligi haqida e’lon qilarkan, Şvetsiya alyansga qöşilgandan keyin ham, öz hududida yadro quroli yoki NATOning harbiy bazalarini joylaştirmoqçi emasligini aytdi.
«NATO Şvetsiyani mustahkamlaydi, Şvetsiya NATOni kuçaytiradi. Biz bir davrni yakunlab, boşqasiga qadam qöyamiz», degan Stokholmdagi brifingda Andersson xonim.
U Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Yevropa xavfli reallikda qolganini qayd etgan.
Anderssonning sözlariga köra, hozirda Şvetsiyaga muayyan harbiy tahdid yöq, biroq mamlakat NATOga a’zolik uçun ariza topşirgaç (bu 18 may kuni Finlandiya bilan birgalikda amalga oşirilişi kutilmoqda) va u NATOning 30 ta a’zo davlati tomonidan ratifikatsiya qilinguniça bölgan davrda taşqi xavf qarşisida zaif holatda qoladi.
Avvalroq Buyuk Britaniya Şvetsiya va Finlandiya bilan xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi deklaratsiyani imzolagandi, unga köra, bu davlatlarga hujum röy bergan taqdirda, London harbiy yordam körsatişga tayyor böladi.
Xabar qilişlariça, bunday hujjat aynan Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo böliş töğrisida ariza topşirib, formal jihatdan alyans a’zosiga aylanguniça bölgan oraliqda uşbu davlatlar xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur edi.
Bu vaqtda Norvegiya, Daniya va Islandiya ham qöşma bayonot berib, NATOga a’zo bölib kirguniga qadar hujumga uçragan taqdirda öz qöşnilarini himoya qilişga va’da berişdi.
«Skandinav qöşnilarimiz NATO a’zoligini olguniga qadar tajovuzga uçrasa, Norvegiya Daniya va Islandiya bilan birga barça zarur vositalar bilan yordam körsatişga tayyor», degan Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore.
Turkiya Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişiga tösqinlik qilmoqçi
Duşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan yana Finlandiya va Şvetsiyaning Şimoliy Atlantika alyansiga qöşilişini ma’qullamasligini bildirdi.
«Ular bizga terrorçilarni bermasliklari töğrisida xabarlar bor. Biz bu ikki mamlakatning NATOga kirişiga «ha» demaymiz», dedi Turkiya prezidenti Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan Anqarada ötkazilgan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida.
Erdöğan uşbu ikki mamlakatning «terrorçilikka nisbatan aniq pozitsiyaga ega emasligi»ni ta’kidlagan.
Erdöğan Stokholm va Helsinkiga Turkiyani köndirişga urinib köriş uçun diplomatlarini Anqaraga jönatib ovora bölmaslikni tavsiya etdi.
Turkiyaliklar yetakçisining asosiy e’tirozi - bu ikki mamlakat kurd ayirmaçilariga boşpana bergani bilan boğliq.
Duşanba kungi matbuot anjumanida Erdöğan Şvetsiyani terrorçi davlatlar yetiştiriladigan öçoq deb baholadi.
«Bu davlatlarning heç birida terrorçi taşkilotlariga nisbatan aniq munosabat yöq. Biz ularga qanday qilib işonişimiz mumkin?» degan Turkiya prezidenti.
Turkiya Yevropa şimolidagi bu ikki davlatni özi terrorçi taşkilot sifatida baholaydigan Kurdiston işçilar partiyasi a’zolarini, şuningdek, 2016 yilgi davlat töntarişiga urinişni taşkillaştirişda ayblangan Fathulloh Gulen tarafdorlarini yaşirib kelişda ayblaydi.
Erdöğan hukumati Turkiyaga qarşi sanksiyalar joriy etgan davlatlarning NATOga a’zo bölişiga ham tösiq qöyişni va’da qilgan.
2019 yilda Finlandiya va Şvetsiya Suriyadagi uruşda iştiroki tufayli Turkiyaga qurollar yetkazib berişga embargo qöygandi.
BBC’ning diplomatik korrespondenti Pol Adamsning ma’lumotiga köra, Erdöğanning bunga hojat yöqligini aytgan bölsa-da, bu ikki mamlakat ham Anqaraga öz delegatsiyalarini jönatadi. Şvetsiya taşqi işlar vaziri Ann Linde hamda Finlandiya TIV rahbari Pekka Haavisto Turkiyaga yöl olgan.
Adamsning yozişiça, katta ehtimol bilan, Turkiya prezidenti özining qimmatli ovozi uçun savdolaşişga qat’iy qaror qilgan.
Yakşanba kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Finlandiya va Şvetsiya Turkiyaning e’tirozlariga qaramay NATOga a’zo bölişiga şubha qilmasligini aytdi.
Çorşanba kuni bu mavzu Vaşingtonda Blinken va uning turkiyalik hamkasbi örtasidagi asosiy mavzu böladi. Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga kirişini rağbatlantirgan Qöşma Ştatlar bu qaror sönggi lahzada alyansning 30 a’zosidan birining pozitsiyasi tufayli bekor bölişiga yöl qöya olmaydi.
Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trass duşanba kuni keçqurun Finlandiya va Şvetsiyaning NATO a’zo bölişini qat’iyan qöllab-quvvatlaşini aytdi va Yevropaning kollektiv xavfsizligini mustahkamlaş uçun bu mamlakatlar imkon qadar alyansga integratsiya qilinişi lozimligini qöşimça qildi.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bir neça bor şimoldagi bu ikki davlat «quçoq oçib kutib olinişi»ni aytgan, ammo bu jarayon alyansning barça 30 a’zosining yakdil qarorini talab etadi.
Turkiyaning e’tirozlari, hatto bular şunçaki imtiyozlar olişga qaratilgan bölsa ham, bu jarayonni keçiktirişi mumkin. Ammo Stoltenberg yakşanba kuni Turkiyaning pozitsiyasi muammo bölmasligi va keçiktirmasdan hal etilişiga işonç bildirgandi.