Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi “Partnerships Award”ning “yil tarğibotçisi” nominatsiyasida ğolib böldi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Uşbu mukofot hukumatning rivojlaniş strategiyasi negizida DXŞ dasturi joylaştirilganligining yorqin namunasi, deya e’tirof etilmoqda.
Bundan taşqari, eng yaxşi kommunal xizmatlar loyihasi nominatsiyasida ikkita loyiha finalçilar qatoriga kiritilgan: Abu Dabi “Future Energy” kompaniyasi (Masdar) tomonidan amalga oşirilgan 457 Mvt Şerobod Quyoş DXŞ loyihasi va “Veolia Energy Tashkent” tomonidan amalga oşirilgan Toşkent şahar isitiş tarmoğini işlatiş, texnik xizmat körsatiş va modernizatsiya qiliş böyiça loyihasi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yildagi “Partnerships Award” 19 may, payşanba kuni Londondagi “The Hilton on Park Lane”da bölib ötgan. Unda 2021 va 2022 yilgi mukofot ğoliblari e’lon qilindi.
Ma’lumot uçun, “Partnerships Award” davlat-xususiy şerikçiligi sohasidagi mukammallikni e’tirof etişning eng katta va eng nufuzli sovrini hisoblanadi.
Mukofotning muhimligi şundaki, ular eng kuçli tanqidçilar tomonidan baholanadi. Ekspertlardan iborat baholaş paneli davlat va xususiy sektorni namoyiş etuvçi 30 dan ortiq soha mutaxassislaridan taşkil topgan. Baholaş paneli a’zolari DXŞ sohasidagi mutaxassisligi, tajribasi va haqqoniyligi asosida tanlanadi. U “Haymarket Media” guruhining bir qismi bölgan “Partnership Bulletin” tomonidan taşkil etilgan.












