Bu yil forum 50-marta, doimgidek yanvarda emas, balki bahor faslida ötkazilmoqda. Ma’lum vaqt davomida pandemiya bölgani sabab yiğiliş keçiktirilgandi. 22 may kuni xalqaro tadbirga start berildi.
Ma’lumotlarga köra, unda 2,5 mingga yaqin kişi qatnaşmoqda. Ular orasida siyosiy rahbarlar, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlar iştirok etişmoqda. Şuningdek, 50 nafardan ortiq hukumat va xalqaro taşkilot rahbarlari ham bu tadbirga taşrif buyurişi aytilgan. Xususan, Germaniya kansleri Olaf Şols, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen hamda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg.
Forum 5 kun davom etadi, unda turli dolzarb mavzular muhokama qilinib, tomonlar öz yeçimlarini taklif qilişadi. Euronews uşbu tadbir bilan boğliq bir qança ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, jahon iqtisodiy forumi 50 yillik tarixida heç qaçon hozirgidek misli körilmagan global muammolarga duç kelmagan. 2022 yilga kelib dunyo mamlakatlari pandemiyadan qutulib, iqlim inqirozi va uning salbiy ta’siriga qarşi kuraşib kelmoqda. Şuningdek, Ukrainadagi uruş tufayli geosiyosiy ahvol ham yaxşi baholanmayapti.
«Davos qor yöqligi uçun emas, balki uşbu dolzarb muammolarni yeçişda global hamkorlik bölmagani tufayli hozirda boşqaça körinişda namoyon bölmoqda. Global muammolar global yeçimlarga muhtoj, ammo biz bu global yeçimlarni körmayapmiz. Şu sababli Davosdagi uçraşuvda aynan şularga yeçim topişimiz kerak», dedi Xalqaro iqtisodiy forum prezidenti Byorge Brende tadbirdan oldin ötkazilgan brifingda.
Aynan şu masalalar Xalqaro iqtisodiy forumning bu galgi kun tartibida asosiy örinni egallagan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi
Ma’lum qilinişiça, Ukrainadagi uruş Davosdagi tadbirning bu yil biroz boşqaça körinişda ötişini bildiradi. Masalan, taşkilotçilar Rossiyaga qarşi sanksiyalarni hisobga olib, Rossiya kompaniyalari vakillariga taklifnoma bermaslikka qaror qilişgan.












