22 may, yakşanba kuni Indiana ştatiga 31 tonnadan ortiq bolalar ovqati ortilgan AQŞ harbiy samolyoti qöndi. U Germaniya ğarbida, Reynland-Pfals federal hududida joylaşgan Qöşma Ştatlarning «Ramşteyn» aviabazasidan keldi. Olib kelingan bolalar ovqati yarim milliondan ortiq idişçalarni töldirişga yetadi.

AQŞda bir neça oydan beri çaqaloqlar ovqatining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. Buning sababi bir qator holatlarga boğliqdir. Dastlab, bolalar ovqatlari işlab çiqariş ta’minot zanjiri uzilişi va COVID-19 pandemiyasi tufayli xodimlarning yetişmasligi sababli kamaydi. Keyin, fevral oyida AQŞning Abbott farmatsevtika kompaniyasi ikki çaqaloqning ölimidan söng Miçigandagi bolalar ovqatlari zavodini yopişga majbur böldi. 

Taxminlarga köra, fojia patogen bakteriyalar bilan kasallaniş sababli sodir bölgan. Biroq, Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qiliş böyiça sanitar boşqarma ötkazilgan tekşiruv mahsulot yaxşi ekanini körsatdi va ötgan hafta Abbott’da işlab çiqarişni qayta tiklaş böyiça kelişuvga erişildi. Ammo, bolalar ovqatining supermarket javonlarida paydo bölişiga bir neça hafta vaqt talab etiladi.

Şuning uçun AQŞ prezidenti Jozef Bayden Amerika harbiy transport samolyotlari tomonidan Yevropadan bolalar ovqatini olib keliş topşiriğini berdi. Yakşanba kuni keçqurun u Twitter’da Şveytsariyaning Nestlé kompaniyasidan AQŞga bolalar ovqatlarini olib keladigan ikkinçi şunday reys haqida e’lon qildi. 

AQŞ prezidentining siyosiy va iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi Brayan Dizning CNN’ga aytişiça, Yevropa ittifoqidan sut aralaşmasi birinçi jönatmasi favqulodda ehtiyojlarning taxminan 15 foizini qoplagan. Bolalar ovqati Nestlé kompaniyasi markazi joylaşgan Indiana ştatiga keltirildi. U yerda mahsulot sifati laboratoriyada tekşiriladi, şundan söng u Qöşma Ştatlar supermarketlariga tarqatiladi.