Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, viloyat IIB JQB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi hamda DXX hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, Past Darğom va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetiştirib kelayotgan jinoiy guruh a’zolari qölga olingan.
Tadbir davomida, Past Darğom tumanida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan M.A. Juma şahridagi sement saqlaş omborxonasidagi 4 sotix yerda jinoiy şeriklari: Past Darğom tumanida yaşovçi X.B. hamda Toşkent şahrida yaşovçi R.A. bilan birgalikda, 2000 ming tupdan oşiq marixuana giyohvandlik vositalarini parvarişlab kelayotgani foş etilgan.
Tadbir ötkazilayotgan vaqtda noqonuniy tarzda giyohvand moddalarni östirib kelayotgan yigitlar omborxonani yoqib yuborişgan. Organ xodimlari tomonidan olov öçirilgunça u yerda östirilayotgan marixuananing katta qismi yonib ketgan. Yonğindan 610 tup marixuana saqlanib qolgan.

Yana bir tadbirda, Payariq tumanida yaşovçi A.A. yaşaş xonadonida 103 tup köknori giyohvand ösimligini parvarişlab kelgani aniqlanib, hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.














