Doron Avni LinkedIn sahifasida maʼlum qilişiça, joriy yil boşida Özbekiston şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş sohasidagi yondaşuvini yangiladi. Maʼlumotlarni qatʼiy lokalizatsiya qiliş örniga, moslaşuvçan va muvozanatli yondaşuv tanlandi. Uning fikriça, bu özgarişlarning amaliy natijasi ham köp kuttirmadi - Google Pay Özbekistonda işga tuşdi.
“Hukumatlar oldindan tuşunarli va global tizimlar bilan özaro işlay oladigan qoidalarni yaratsa, global texnologiyalar ham tez kirib keladi”, - deb yozdi u.
Doron Avni öz postida Google Pay’ning Özbekistonda işga tuşirilişi AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatga taşrifi va Samarqanddagi C5+1 vazirlar sammiti davomida eʼlon qilinganiga ham urğu berdi. Uning taʼkidlaşiça, bu Özbekiston va AQŞning raqamli modernizatsiyani jadallaştiriş borasidagi umumiy intilişini körsatadi.
“Özbekiston pragmatik siyosat orqali yangi imkoniyatlarga yöl oçiş mumkinligini amalda körsatmoqda”, - deb yozdi Google vitse-prezidenti.
Maʼlumot uçun: Saida Mirziyoyeva joriy yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşib, texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan edi.
“Biz sönggi yillarda şaxsga doir maʼlumotlarni qayta işlaş va raqamli tölovlar sohasidagi qonunçilikni takomillaştirdik. Buning natijasida Özbekistonda xalqaro tölov tizimlaridan erkin foydalaniş uçun keng yöl oçilmoqda”, - degan edi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Joriy yilning 27-oktabr kuni Özbekistonda Google Pay hamda Apple Pay tizimi tölaqonli işga tuşgani eʼlon qilindi.













