The New York Times gazetasi ukrain harbiylariga asoslangan holda 8 may kuni Şimoliy Don daryosini keçib ötişga uriniş çoğida 400 nafar atrofidagi rossiyalik harbiy xizmatçilar halok bölgani haqida yozdi.
Ukraina qurolli kuçlari vakili naşr muxbiriga aytişiça, rossiyalik harbiylar may oyining ilk ön kunligida Şimoliy Donni Belogorovka qişloği hududida keçib ötib, Severodonetskdagi ukrain harbiy guruhini qurşab olişga harakat qilgan. Ammo buning örniga RF harbiy xizmatçilarining özi qurşovga tuşib qolgan — ular daryoning janubiy sohiliga ötişiga imkon berilgan, keyin esa yoppasiga artilleriyadan öt oçilgan, daryo özaniga minalar uçirilgan, keçuv moslamalari portlatilib, çekiniş yöli tösib qöyilgan.
Uşbu jang keçgan hududda bölgan NYT muxbiriga ukrain harbiylari yakson etilgan rossiyaliklar texnikalarini körsatişgan — bu yerda kamida 15 ta zirhli maşina qoldiqlari bölgan, örmonzorda «daraxtlarda rossiyaliklar uniformasi» parçalari osilib turganini köriş mumkin edi, atrof «çiriyotgan jismlarning çidab bölmas hidi» bilan tölgandi.
Ukraina qurolli kuçlari polkovnigi Dmitriy Kaşenko NYT muxbiriga ukrain harbiylari radiokarnay orqali rossiyaliklarga taslim bölişni taklif etgani, ammo ular bu çaqiriqni eşitişganiga işonçi komil emasligini aytgan. Uning sözlariga köra, ayrim rossiyalik harbiylar qurşovdan çiqişga muvaffaq bölib, daryoni keçib ötgan va ortga qaytib ketgan.
Rossiya harbiylari tez orada portlatilgan ponton keçuvlarini tiklaşgan va Şimoliy Donni keçib ötiş uçun navbatdagi urinişni amalga oşirişgan, ammo ularni ukrain kuçlari qarşi olgan.
NYT naşriga köra, qurbonlar soni böyiça Belogorovkadagi hodisa Rossiya armiyasi uçun Ukrainaga bosqin boşidan buyon eng yirik mağlubiyat bölgan.
Rossiya armiyasi Belgorovka hududida Şimoliy Donni keçib ötişga urinişda katta muvaffaqiyatsizlikka uçragani haqida 12 may kuni xabarlar tarqalgandi. Ammo öşanda qurbonlar soni ma’lum qilinmagandi.


















