Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistonga qiymati 38,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 124,8 ming tonna buğdoy uni import qilingan. 

Qayd etilişiça, buğdoy uni importi hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 22 ming tonnaga oşgan.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston buğdoy unini eng köp import qilgan davlatlar orasida Qozoğiston yetakçi – 122,8 ming tonna.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi: 

  • Rossiya – 1,9 ming tonna; 
  • AQŞ – 50 tonna; 
  • Italiya – 27 tonna;
  • Hindiston – 2 tonna;
  • Fransiya – 1,8 tonna.

Bundan oldin 2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonga qiymati 28,8 mln AQŞ dollariga teng bölgan 92,6 ming tonna buğdoy uni import qilingani xabar berilgandi.