Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropol Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar jinoiy guruhlar qo‘liga o‘tishi ehtimolidan xavotir bildirdi
Qayd etilishicha, 30 yil avval Bolqon urushida foydalanilgan qurollar hozirda jinoiy guruhlar qo‘lida yuribdi.
Yevropol Ukrainaga Yevroittifoq tomonidan yetkazib berilgan qurollar jinoyatchilar qo‘liga o‘tishi mumkinligidan tashvish bildirdi.
"Qachondir urush tugaydi. Biz 30 yil avval Bolqondagi urush tugaganidan so‘ng yuz bergan vaziyat qaytarilishining oldini olmoqchimiz. O‘sha urushdagi qurollardan jinoiy guruhlar haligacha foydalanmoqda", dedi Yevropol direktori Katrin de Boll.
Bollning so‘zlariga ko‘ra, Yevropol bu masala bo‘yicha strategiya ishlab chiqish uchun xalqaro ishchi guruh tashkil etishni rejalashtirmoqda.
U Yevropol hukumatga ma’lum terrorchilar va ekstremistlar Ukraina va Yevroittifoq o‘rtasida maxfiy ravishda harakatlanayotganini qayd etganini aytdi.
"Ukrainaga borayotgan odamlar tajriba va mafkurasi bo‘yicha farq qiladigan guruhlar a’zolari hisoblanadi", - dedi de Boll.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026