YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Ukrainadagi nizo uzoqqa çöziladi deb hisoblamoqda.
"Biz çidaşimiz kerak. Uruş uzoq davom etadi, Rossiyaning tajovuzkorligi kuçaymoqda. Biz Ukrainani kuraş vositalari bilan ta’minlaşni va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni davom ettirişimiz kerak", - dedi u France Info radiosi efirida.
Uning sözlariga köra, "Rossiya iqtisodiyoti töxtay boşladi" va Moskvaga yanada bosim körsatilişi Kiyevni bölajak tinçlik muzokaralarida manfaatli pozitsiya bilan ta’minlaydi.
Borrel şuningdek, sanksiyalarning oltinçi paketi böyiça yakuniy kelişuvga erişilişiga umid bildirdi.
"Bugun kunning ikkinçi yarmida bu masala böyiça kelişuvga erişamiz deb öylayman", - dedi u.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Ukrainadan ğalla import qiliş masalasini tezroq hal qiliş zarurligiga e’tibor qaratdi.
"Ukrainada 20 mln tonna ğalla saqlanmoqda. Uni yakuniy iste’molçilarga yetkazib beriş zarur. Yangi hosil uçun omborlarni böşatiş kerak, aks holda uni saqlagani joy topilmaydi", - dedi u.












