Jizzax viloyati Baxmal tumanida 27 may kuni inson ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar qildi.
Qayd etilişiça, holat 27 may kuni 07:05 atrofida Baxmal tumanidan ötgan 4R-41 Ğallaorol—Ösmat avtomobil yölining 20-kilometrida sodir bölgan. Haydovçi (Baxmal tumani «Fayzobod» mahallasida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan) yölovçi taşuvçi Nexia maşinasini Baxmal—Ğallaorol yönalişida boşqarib ketayotganda harakat davomida uxlab qolgan. Yöl boşqaruvini yöqotib, yölning çap tomoniga çiqib ketgan.
Oqibatda transport vositasi ağdarilib, yöl-transport hodisasi yuz bergan. YTHda haydovçi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.












