Jahon musulmon ulamolari ittifoqi (JMUI) islom dunyosi rahbarlari va xalqlarini Şarqiy Quddusdagi Al Aqso masjidini himoya qilişga çaqirdi.
JMUI boş kotibi Ali al Qoradoğiyning sözlariga köra, ittifoq mutaassib yahudiylarning mazkur masjidga qarşi amalga oşirayotgan iğvogarona harakatlarini qoralaydi.
Qoradoğiy musulmon yetakçilari va xalqlari «Al Aqso va Quddusga nisbatan iğvogarona xatti-harakatlarning oldini oliş uçun bor kuçlarini ayamasligi»ga umid bildirdi.
«Al Aqso masjidi, Quddus va egallab olingan barça Falastin yerlari musulmonlarga işonib topşirilgan. Ular bu muqaddas joylar uçun Yaratgan va kelajak avlod oldida javobgardir», -dedi Qoradoğiy.
Bundan taşqari, JMUI boş kotibi jahon hamjamiyatiga falastinliklarni qöllab-quvvatlaşini sörab murojaat qildi.
Avvalroq Şarqiy Quddusda bir guruh isroilliklar «bayroqli yuriş» ötkazgandi.

















