Prezident “Andijon davlat çet tillari institutini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Andijon şahrida Andijon davlat çet tillari instituti taşkil etilmoqda. Institut yuridik şaxs maqomiga ega bölgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:

  • xorijiy tillar sohasi böyiça oliy ma’lumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş;
  • öquv jarayonida xalqaro baholaş dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalaniş, öqitiş va baholaşning zamonaviy şakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etiş böyiça bilim va könikmalarga ega bölgan pedagoglarni tayyorlaş;
  • yetakçi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot taşkilotlari bilan hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlari joriy etiş va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
  • xalqaro e’tirof etilgan taşkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik örinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida öz ta’lim dasturlarini şakllantiriş, yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan mustaqil ravişda qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etiş;
  • ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida taşkil etiş, jumladan, öquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qiliş, şuningdek, öquv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim oliş va amaliy, jumladan, sinxron, badiiy, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima könikmalarini şakllantirişga yönaltiriş;
  • institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş, jumladan, professor-öqituvçilar stajirovkasi va malaka oşirişini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot taşkilotlarida taşkil etiş.

Belgilab qöyilişiça, institutda öquv jarayoni 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til böyiça kvalifikatsiya beriladi.

Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutiga xorijiy tillar yönalişlarida bakalavriat va magistratura bosqiçlarida kadrlar tayyorlaş böyiça ajratiladigan davlat buyurtmasi kvotasi 2022/2023 öquv yilidan boşlab institutga yönaltiriladi;

Institutning bakalavriat ta’lim yönalişlariga 2023/2024 öquv yilidan boşlab kiriş imtihonlarida fanlar majmuasidagi çet tili fanidan 4 ta könikmani (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi.