Mo‘g‘uliston O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy qildi
Bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarning Mo‘g‘uliston bozoriga eksportini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Mo‘g‘uliston delegatsiyasining 2022 yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.
TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qilgan. Muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023-yillarda hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi protokol.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
21:49 / 04.11.2024