Qayd etilişiça, fuqaro B.R aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd sömlik çeklarni röyxatdan ötkazib, 18 183 656 söm keşbek töplagan. Şundan, 1,6 mlrd sömlik 152 ta çeklar «AA» korxonasidan olingan bölib, ularga 16 485 000 sömlik keşbek hisoblangan.
Örganiş natijasida uşbu fuqaro «AA» korxonasida kassir lavozimida işlaşi ma’lum bölgan va röyxatdan ötkazilgan çeklar şubhali bölgani sababli hisoblangan 16 485 000 sömlik keşbek summalari bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 maydagi 255-son qaroriga muvofiq, Davlat soliq qömitasi onlayn nazorat kassa texnikasi çekini soliq organlari mobil ilovasida röyxatdan ötkazgan jismoniy şaxsdan uning haqiqiy xaridlari töğrisidagi tasdiğini sörab olişga, xarid haqiqatda uşbu jismoniy şaxs tomonidan amalga oşirganligi şubhali bölgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymati bir qismini qaytarişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilişga haqli.












