Ukrainadagi uruş qanday yakunlanişi mumkin? Ehtimoliy beş variant
|03:09 / 04.06.202286 6589 min
Barça uruşlar suvi kötariladigan va ortga qaytadigan okeanga öxşaydi, Rossiyaning Ukrainaga bosqini ham bundan mustasno emas.
Donbassliklar rossiyaliklar zarbalaridan vayron bölgan uylari xarobalaridan laş-luşlarini yiğiştirişmoqda, 2022 yil 1 iyun
Himoyalanuvçi kuçlarning tezda tor-mor bölişi xavfi örnini rossiyaliklarning çekinişi va ukrain qarşiligi kuçayişi egalladi. U ham öz navbatida, Rossiyaning Ukraina şarqida nisbatan yönaltirilgan yurişlariga örnini böşatib berdi.
Uruş boşlanganidan buyon yuz kun ötdi. Hozir bu uruş qaçon tugaşi haqida gapiriş mumkinmi? BBC diplomatik korrespondenti Jyeyms Lendeyl şu haqda fikr yuritdi.
Bu borada birdaniga beşta ehtimoliy ssenariyni keltiriş mumkin, ular bir-birini istisno qilmaydi, şu bilan birga, işonçlilik doirasida qoladi.
1. Uzoq davom etuvçi vayrongarçilik uruşi
Ukrain va rus harbiylari bir-birini muntazam ravişda qirişga kuç topa olar ekan, uruş yana oylar va hatto yillarga çözilişi mumkin.
Tomonlarning biri taktik mağlubiyatga uçraşi yoki muvaffaqiyatga erişişi bilan vaziyat özgarib turadi. Ammo tomonlarning heç biri taslim bölişni istamaydi. Rossiya prezidenti strategik çidamlilik namoyiş etib, Ğarb Ukrainaga yordam berişdan çarçab, öz iqtisodi va Xitoy tahdidi bilan şuğullanişga e’tibor qaratişini kutgan holda muvaffaqiyatga erişiş mumkin deb hisoblaydi.
Ğarb esa hozirça qat’iylik körsatmoqda va Ukrainani qurol-yaroğ bilan ta’minlaşda davom etmoqda. Jang maydonida amalda front çiziği şakllangan, uruş asta-sekin «adoqsiz uruş» pozitsiyasiga ötmoqda.
«Yaqin istiqbolda men tomonlardan birining batamom taktik yoki strategik ğalabaga erişiş imkoniyatini körmayapman. Uruşuvçi tomonlarning heç biri hal qiluvçi strategik zarba berişga qodirligini namoyiş eta olmadi», degan avstraliyalik iste’fodagi general Mik Rayan.
2. Putin sulh e’lon qiladi
Putin barçani hayratda qoldirib, bir tomonlama tartibda öt oçişni töxtatiş haqida e’lon qilsa-çi? Şu tariqa, u egallab olingan hududlarda mustahkamlanib, ğalaba haqida ham e’lon qilişi mumkin.
Mavzuga oid
Putin «maxsus harbiy amaliyot» öz maqsadiga erişganini aytişi mumkin: Kremlning madadi tufayli Donbassdagi ayirmaçilar işonçli himoyalangani, Qrimga quruqlikda yölak ötkazilgani haqida. Şundan keyin u ruhiy ustunlik pozitsiyasidan turib Ukrainani harbiy harakatlarni töxtatişga majbur qilişi mumkin böladi.
«Yevropaning Ukrainani şartli tinçlik evaziga qurolni taşlab, hududlaridan voz keçişga köndiriş istagi bilan öynaşişni istasa, Rossiya bu usuldan istalgan vaqtda foydalanişi mumkin», deydi Qirollik Xalqaro munosabatlar institutining (Çatem-Haus) Rossiya böyiça eksperti Kir Jayls.
Vladimir Putin Ğarb Ukrainaga yordam berişdan çarçaşi va e’tiborini öz iqtisodiyotiga qaratişga qaytişiga stavka qöyişi mumkin
Allaqaçon Parijda, Berlinda va Rimda quyidagiça nuqtayi nazarlar yangragan: uruşni davom ettiriş nega kerak, global iqtisodiy muammolar bilan şuğullaniş vaqti keldi, keling sulhga erişaylik.
Ammo bunga AQŞ, Buyuk Britaniya hamda Şarqiy Yevropaning aksar mamlakatlari qarşi çiqişgan, bu davlatlar siyosatçilari Rossiya bosqini barça jabhalarda butunlay barbod bölişi kerakligiga amin.
Şunday ekan, Rossiya bir tomonlama sulh e’lon qilişi vaziyatni özgartirişi mumkin, lekin harbiy harakatlar butunlay yakunlanişiga olib kelmaydi.
3. Jang maydonida boşi berk köçaga kiriş
Agar Rossiya ham, Ukraina ham harbiy yöl bilan heç narsaga erişib bölmasligi töğrisida xulosaga kelib, mojaroni siyosiy yöl bilan hal qiliş uçun muzokaralarga kirişsa-çi?
Aytaylik, ularning armiyalari jonli kuç va texnika jihatidan holdan toyadi. Uruşning davom ettirilişi endi qon tökiş va resurslarni sarflaşga arzimaydi. Rossiyaning harbiy va iqtisodiy yöqotişlarini töldirib bölmaydi. Ukrain xalqi ham uruşdan çarçaydi, odamlar noaniq ğalaba uçun jonini tikişni istamaydi.
Kiyevdagi rahbariyat Ğarb kelgusida ham Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işonqiramasa va muzokaralar stoliga ötiriş vaqti keldi deb hisoblasa nima böladi?
Axir AQŞ prezidenti Jo Bayden ham oçiqçasiga amerikaliklarning maqsadi - Ukrainaning muzokaralar stolida maksimal darajada kuçli pozitsiyada bölişiga işonç hosil qiliş ekanini aytmoqda. Köpçilik Ğarbning Rossiya mağlub bölişini istaşi va Ukraina ğalaba qozonişini istaşi örtasida farq borligini aytmoqda.
Ammo jang maydonidagi hozirgi vaziyat yana köp oylar davomida saqlanib qolişi, mojaroning siyosiy yeçimini topiş yanada murakkablaşişi mumkin. Qolaversa, Kiyev Moskvaga işonmaydi: u yerdagilar Putin bilan har qanday kelişuv nafas rostlaş va yangi hujumga tayyorlaniş uçun kuç yiğişga qaratilgan tanaffus beriş böladi deb hisoblaşadi.
Şunday qilib, tinçlik kelişuvi ham uzoq vaqt amal qilmasligi va harbiy harakatlar yangi kuç bilan qaytadan boşlanişi mumkin böladi.
4. Ukraina ğalaba qiladi
Heç narsaga qaramay, Ukraina ğalaba deb ataş mumkin bölgan nimagadir erişa oladimi? Ular Rossiya qöşinlarini çegaradan nariga surib taşlab, vaziyatni 8 yil oldingi bölmasa ham, 24 fevraldan oldingi holatga qaytarişi mumkinmi?
«Ukraina bu uruşda albatta ğalaba qozonadi», dedi şu haftada Niderlandiya televideniyesiga bergan intervyusida Volodimir Zelenskiy.
Agar Rossiya Donbassni egallay olmasa va yana mağlubiyatga uçrasa nima böladi?
Rossiya harbiy maşinasi şusiz ham Ğarb sanksiyalari zarbasi ostida turibdi. Ukraina öziga taqdim etilajak uzoq masofaga otuvçi artilleriya va juda muhim bölgan baravar öt oçiş tizimlari orqali qarşi hujumlar seriyasi ötkazib, Rossiya armiyasi ta’minot liniyalari ötgan hududlarni egallab oladimi?
Ukraina öz armiyasini qayta qurib, uni mudofaalanuvçidan hujum qiluvçi pozitsiyasiga ötkazsa nima böladi?
AQŞ Ukrainaga HIMARS mobil raketa majmualari yetkazib berişni va’da qilmoqda
Bunday ssenariy ehtimoli bor va bu siyosatçilarni ehtimoliy oqibatlar haqida öylantirmoqda. Putin mağlubiyat xavf solsa, kimyoviy yoki hatto yadro quroli qöllab, mojaroni yanada kuçaytirişni istab qolmaydimi?
«Menga Putin yadro quroliga ega bölgan holda oddiy uruşda mağlubiyatini tan olişi ehtimoli juda kam körinadi», degandi yaqinda bu borada Londondagi Qirollik kollejida ötkazilgan seminarda tarixçi Niall Fergyuson.
5. Rossiya ğalaba qozonadi
Rossiyaning «ehtimoliy» ğalabasi haqida nima deyiş mumkin?
Ğarbdagilar Rossiya avvalgi muvaffaqiyatsizliklariga qaramay hamon Kiyevni egallaş va Ukrainaning katta qismini öziga böysundiriş rejalaridan çekinmaganini qayd etmoqda.
Hukumat amaldorlaridan birining sözlariga köra, bu maksimum-dasturni heç kim bekor qilmagan.
Rossiya Donbassda muvaffaqiyatga erişsa, bu hududdan böşagan qöşinlarini boşqa yönalişlarga, masalan, yana Kiyev tomon harakatlaniş uçun yönaltirişi mumkin.
Taxmin qiliş mumkinki, Rossiya harbiylarining son jihatdan ustunligi va qömondonlikning bundan keyin ham öz askarlarini ayamasligi natija keltira boşlaydi, ukrain kuçlari esa yöqotişlarga uçraşi davom etadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 29 may kuni harbiy harakatlar jadallaşayotgan Xarkov oblastida askarlar bilan uçraşdi
EPA/UKRAINIAN PRESIDENTIAL PRESS SERVICE
Prezident Zelenskiyning ma’lumotiga köra, uruşning har kunida ukrain jangçilaridan 50-100 nafari qurbon bölmoqda, yana 500 nafarga yaqini yaralanmoqda.
Jamoatçilik fikri ham turliça bölişi mumkin: ukrainlarning bir qismi uruşni davom ettirişni istasa, qolganlar sulh tuziş va odatiy hayot tarziga qaytişni talab qila boşlaydi. Qolaversa, Ğarbning ayrim davlatlari ham Ukrainaga yordam körsatişdan çarçaşi mumkin.
Ammo, boşqa tomondan, agar ular Rossiyaning qöli baland kela boşlaganini körsa, Ukraina ittifoqçilaridan kimdir mojaroni yangi bosqiçga olib çiqişni istab qolişi mumkinligini istisno etib bölmaydi.
Ğarblik diplomatlardan biri özaro suhbatda Ğarb Rossiyani tiyib turiş uçun Tinç okeanida yadro qurolini sinab körişi kerakligini aytgandi.
Şunday ekan, bu uruşning kelajagi hali oldindan belgilanmagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi