Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining Ukrainadagi uruş böyiça har kungi axborotnomasida sönggi haftalarda asosiy harbiy harakatlar maydoniga aylangan Severodonetskda ukrain harbiylari qarşi hujumga ötgani haqida xabar qilindi.
Britaniya harbiy razvedkasiga köra, Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumi «katta ehtimol bilan, rossiyaliklarning harbiy qismlar va öt oçiş vositalarini jamlaş orqali olib borayotgan yurişi tempini pasaytirgan».
Şuningdek, Rossiya Severodonetskdagi janglarga Rossiya armiyasi harbiylari yöqotişlarini kamaytiriş maqsadida LXRda zaxiradan çaqirilgan va yaxşi tayyorgarlik körmagan kuçlarni taşlayotgani aytilgan. Britaniya harbiylarining ma’lumotiga köra, RF bunday taktikani Suriyadagi harbiy harakatlarda ham qöllagandi.
4 iyun kuni keçqurun Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Severodonetskning 70 foiz hududini nazorat qilib turgan rossiyalik harbiylar sönggi ikki kundagi harbiy harakatlardan keyin çekina boşlagani, ayni vaqtda ukrain harbiylari Severodonetskning yarmini nazorat qilayotganini aytdi. Uning ma’lumotiga köra, Rossiya kuçlari katta yöqotişlarga uçragan, sakkiz nafar rossiyalik harbiy asirga tuşgan.
«Oblastda vaziyat juda oğirligiça qolmoqda. 4 iyun kuni rossiyaliklar stvolli artilleriya va baravar öt oçiş reaktiv tizimlari orqali Severodonetsk, Lisiçansk, Ustinovka, Vrubovka va Toşkovkani öqqa tutişdi. Ka-52 vertolyotlari bilan Gornoye va Mirnaya Dolinaga, Su-25 samolyotlari bilan Ustinovkaga aviatsiya zarbalari berildi. Lisiçanskka «Toçka-U» raketa zarbalari yöllandi», deya yozgan u telegram-kanalida.
Şahar ma’muriyati ukrain harbiylari şahar nazoratini töliq qaytarib olişga urinayotganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi esa Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari «oğir yöqotişlarga uçragani» va şahardan çekinayotgani haqida xabar bergan.
- Severodonetsk 2014 yilda Lugansk şahri özini özi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi nazoratiga ötgaç, Lugansk oblastining Ukraina nazoratida qolgan qismi markaziga aylangandi. Şahar — uruş davomida şimoliy qismi rossiyaparast kuçlar tomonidan egallab olingan aglomeratsiyaning bir qismi. Severodonetsk bilan aglomeratsiya taşkil etgan, Şimoliy Donning ikkinçi sohilida joylaşgan Lisiçansk şahri ukrain harbiylari nazoratida qolmoqda.













