Irlandiyaning Yevropadagi eng yirik loukoster aviakompaniyasi Ryanair Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) fuqarolaridan Buyuk Britaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlariga uçadigan samolyotlarga çiqişga ruxsat berişdan oldin turli sohalardagi savollar bilan afrikaans tilida imtihon topşirişini talab qilmoqda. Bu haqda 5 iyun, yakşanba kuni Britaniyaning Financial Times gazetasi uşbu protseduradan ötişga majbur bölgan bir neça kişiga tayanib xabar berdi.
Naşrning yozişiça, JAR pasporti egalari, jumladan, Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvçi bunday fuqarolar, agar testdan öta olmasa, reyslarga çiqişdan mahrum etilişi haqida ogohlantirilgan. Şu bilan birga, gazetaning ta’kidlaşiça, afrikaans Janubiy Afrikada uçinçi eng keng tarqalgan tildir va aparteid davrida aholi bu tilda gapirişga majbur bölgan. Ryanair bu talabni soxta JAR pasportlari köpayib ketgani bilan boğladi. JARdan kelgan sayohatçilar aviataşuvçini irqiy kamsitişda ayblamoqda.
FT ixtiyorida bölgan test 15 savoldan iborat. Masalan, JARda yölning qaysi tomonidan harakat amalga oşirilişi yoki mamlakatdagi eng katta toğ çöqqisining nomi qanday ekaniga javob beriş kerak. Aviakompaniya Buyuk Britaniyaga sayohat qilayotgan JAR pasportiga ega yölovçilar «afrikaans tilida oddiy sörovnomani» töldirişi kerakligini tasdiqladi. «Agar ular buni uddalay olmasa, ularga parvoz böyiça rad javobi beriladi va pullari töliq qaytariladi», dedi Ryanair.











