“Barchasi qonun doirasida bo‘ladi” - seysmik zaif ko‘p qavatli uylar o‘rnida yangilari qurilishiga izoh berildi
Seysmik zaif bino ichida va atrofida bo‘lish xavfli, O‘zbekistonning 78 foiz qismi seysmik faol hududlarda joylashgan.

Foto: Kun.uz
30 may kuni “O‘zbekistonning seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilingandi.
Unga asosan, 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Xatlov natijasiga ko‘ra, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar quriladi.
Bu farmon chiqqanidan keyin ko‘plab fuqarolarda uydan chiqarib yuborilishi bilan bog‘liq xavotirlar yuzaga kelgan. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori Karim Sultonovning aytishicha, bu xavotirlarga hojat yo‘q, barcha ishlar qonun-qoidaga asosan amalga oshiriladi.
“Buning uchun juda ham ko‘p me’yoriy hujjatlar, qonun-qoidalar mavjud. Agarda bu uy-joy binosi bo‘lsa, albatta, uy egalarining hammasi qonun doirasida uy-joy bilan ta’minlanib, o‘zi yashayotgan joyga ekvivalent sifatida joylar beriladi va hokazo. Bu – darrov masalani hal qilib, aholini uyidan chiqarib yuborishdek gap emas. Barchasi xotirjam bo‘lishi kerak, boisi hamma ishlar qonunlarga asosan amalga oshiriladi”, – dedi mutasaddi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Karim Sultonovga ko‘ra, agar fuqarolar yashayotgan turar-joylar seysmik zaif deb topilgan bo‘lsa, zudlik bilan xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilishi zarur.
Anjumanda aytilishicha, O‘zbekistonning 78 foiz yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo‘lib, MSK-64 shkalasi bo‘yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ortga qaytmas islohotlarimizni izchil davom ettiramiz” - Shavkat Mirziyoyev investorlar bilan uchrashdi
Iqtisodiyot | 14:44
-
Rossiya dumasi yagona davlat messenjerini yaratish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Jahon | 14:16
-
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi
Jamiyat | 14:00
-
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

11:53 / 13.11.2024