Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar o‘rnida yangi uy-joylar quriladi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) 2022 yil 1 sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan obektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
Bunda, Qurilish vazirligi ekspertizadan o‘tkazilgan xavflilik omili IV toifaga mansub obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yo‘naltirishga, Fanlar akademiyasi obektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishga mas’ul etib belgilandi.
Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) Fanlar akademiyasi tomonidan Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasidagi ma’lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha obektlarining ro‘yxatini har yili 1 aprelga qadar shakllantirib borish hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanishi belgilansin;
v) 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
Bunda, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilandi;
g) 2023 yil 1 maydan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, mazkur yo‘nalishdagi mas’ul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlab boriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul davlat organi etib belgilandi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025