Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan maişiy xizmat körsatuv dökonlarida yonğin sodir bölgandi. Şahar markazida sodir bölgan yonğin ikki soat içida bartaraf etildi.

FVV Samarqand viloyati boşqarmasining ma’lum qilişiça, soat 14:00 da Mirzo Uluğbek köçasidagi binolarda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan va qutqaruvçilar 3 daqiqa içida voqea joyiga yetib borgan. Soat 16:20 da yonğin öçirilgan. Binolarning 200 kvadrat metr atrofida tom va şift qismi yongan.
Yonğinni öçiriş uçun 8 ta öt öçiruvçi texnika, 50 nafarga yaqin öt öçiruvçi jalb etilgan. Şuningdek, FVV tizimidagi boşqa turdagi texnikalar, Obodonlaştiriş boşqarmasiga tegişli suv taşuvçi texnikalar jalb qilindi. Yonğin kuçaygan vaqtda bir muddat Mirzo Uluğbek köçasi avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopildi. Yonğin Samarqandning serqatnov va gavjum köçasida sodir bölgani uçun köplab IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari atrofdagi xavfsizlikni ta’minlaş uçun safarbar qilindi.
FVV Samarqand viloyat boşarmasi axborot xizmati rahbari Ilhom Boqiyev Kun.uz bilan suhbatda yonğin qisqa tutaşuv oqibatida çiqqanini aytdi.






















