6 iyun kuni Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida tarqoq skleroz böyiça turkiy davlatlarning IV xalqaro kongressi öz işini boşladi. Anjuman işida Turkiya, Şimoliy Kipr, Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston va mamlakatimizning oliy tibbiy öquv yurtlari hamda yetakçi ilmiy-amaliy markazlarining mutaxassislari iştirok etmoqda.

Tarqoq skleroz kasalligining dolzarb muammolariga bağişlangan anjuman dastlab 2019 yilda Turkiyaning Gulxane universiteti meditsina fakultetida turkiy davlatlarning vakillari iştirokida ötkazilgan edi. Mazkur tadbirda kongressni har yili Ğarbiy va Örta Osiyo davlatlarining birida ötkazişga kelişib olingan. Kongressni ötkazişdan asosiy maqsad tarqoq skleroz kasalligining diagnostikasi, davolaş va reabilitatsiyasi borasida erişilgan yutuqlar, innovatsion yondaşuvlar, mazkur kasallikka tegişli tibbiyotda mavjud muammoli holatlar va ularni yeçiş yöllarini muhokama qiliş, ilğor texnologiyalarni qöllaş, xalqaro miqyosda nevrolog-olimlar muloqotini örnatiş va rivojlantirişdan iborat.

Anjumanning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Amrillo Inoyatov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Jasur Rizayev, Tibbiyot bilimlari universiteti (Istanbul, Turkiya) rektori Erdöl Cevdet, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov, mazkur institut professori, Yevro-Osiyo Fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi Yoqutxon Majidova, Turkiyaning bir qator yetakçi nevrolog-olimlari, şu jumladan professor Demirkaya Şeref, professor Gülhane Eğitim Araştırma Hastanesi, professor Efendi Hüsnü va dotsent Feyzioğlu Aynur sözga çiqib, mazkur xalqaro konferensiyani tarqoq skleroz va boşqa nevrologik kasalliklarni davolaşni takomillaştirişda, bu borada xalqaro aloqalar va olimlarning özaro muloqoti muhimligini e’tirof etişdi.
Anjuman işi sessiyalar yiğilişlarida davom etdi. Muhokamalarda yetakçi nevropatolog, neyroreabilitolog, neyropsixolog, neyroreanimatolog, rentgen-radiolog olimlar, soğliqni saqlaş boşqarmalari boşliqlari, terapevtlar, allergologlar, akuşer-ginekologlar, gastroenterologlar va boşqa tor soha mutaxassislari iştirok etmoqda.












