Anjumanda Özbekiston, Germaniya, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Malayziya, AQŞ, Tojikiston, Turkiya, Rossiya va boşqa xorijiy davlatlardan yetakçi taşkilotlardan ekspert va olimlar xalq tabobati sohasiga oid 50 dan ortiq ma’ruzalari bilan iştirok etişdi. Xalqaro anjuman va uning doirasida ötkazilgan mahorat darslarida mingdan ziyod zamonaviy va an’anaviy tibbiyot sohalari mutaxassislari, biologlar, kimyogarlar hamda farmatsevtlar onlayn va oflayn formatda iştirok etdi.

Tadbirning oçiliş marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi direktori Sardor Kariyev, “Ibn Sino jamoat fondi” boşqaruvi raisi Nozimxon Maxmudov, Özbekiston Tabobat Akademiyasi raisi prof. Ibroxim Asqarov (Uzbekistan), Eron Islom Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi Hamid Nayirobodiy, “Gano Excel” xalqaro korporatsiyasi prezidenti Leou Sun Seng (Malayziya), “Ibn Sino Akademiyasi” prezidenti prof. Sayyid Zillur Rexman (Hindiston), Xalqaro Avitsenna jamğarmasi prezidenti prof. Mixael Saç (Isroil), MDH iqtisodiy rivojlaniş biznes markazi boş direktori Vadim Ganin, (Rossiya), “Şina-Uzbekistan medicine technical park” boş direktori, kimyo fanlari doktori S.B.Abdubakiyev (Xitoy) qutlov sözlari bilan anjumanni oçib konferensiya işiga muvaffaqiyatlar tilaşdi.

Anjumanning rasmiy oçiliş marosimidan söng Samarqand davlat tibbiyot universiteti va “Ibn Sino” jamoat fondi, Daegu Haany universiteti (Koreya), Yevropa tibbiyot assotsiatsiyasi (Germaniya), şuningdek, “Ibn Sino” jamoat fondi va Isroil dorivor ösimliklar uyuşmasi, Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Qozoğiston an’anaviy va xalq tabobati tibbiyot mutaxassislari milliy assotsiatsiyasi örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xalqaro konferensiya işi 4 şu’bada davom etdi va “Ta’lim va xalq tabobati”, “Fan va xalq tabobati”, “An’analar va xalq tabobati”, “Dorivor ötlar va xalq tabobati” kabi yönalişlarda dolzarb masalalar muhokama qilindi.