Jizzax viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 7 iyun kuni Paxtakor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan hujjatlarni tekşiriş maqsadida 4R-35 avtomobil yölida harakatlanayotgan Qaşqadaryo viloyatida röyxatga olingan 70 D 340 MA Nexia maşinasi haydovçisiga töxtaş işorasi berilgan.

Haydovçi YPX xodimining işorasiga böysunmasdan qoçib ketgan. YPX xodimlarining sa’y-harakatlari bilan qoidabuzar haydovçi Jizzax şahri hududida töxtatilib, uşlangan.

Şundan söng maşina tegişli tartibda közdan keçirilganda uning yukxonasida pnevmatik töpponça va rezina tayoq borligi aniqlangan. Bundan taşqari, maşinada önga yaqin boşqa maşinalarning davlat raqamlaridan kesib olingan turli harflar va raqamlar tasvirlangan bölaklar topilgan.

Qayd etilişiça, qoidabuzar haydovçining xatti-harakatlari yuzasidan suriştiruvlar ötkazilmoqda.