Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kozimjon Komilov nomzodini Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga navbatdagi muddatga saylaş uçun Senatga taqdimnoma kiritdi.
Senatorlar masala muhokamalari yakunida Kozimjon Komilovni sudyalik lavozimida bölişning muddatsiz davriga, beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga sayladi.
Uşbu masala böyiça Senatning tegişli qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uçun, 2017 yilda Oliy xöjalik sudining raisi sifatida işlagan Kozimjon Komilov Oliy sud raisi etib tayinlangandi.
Komilov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 23 avgustdagi Qarori bilan Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi raisi lavozimiga saylangandi.
Undan oldin, 2017 yilgaça Özbekiston Oliy sudi raisi sifatida Şoyunus Ğoziyev işlagan.
Oliy sud rais, uning birinçi örinbosari va uç nafar örinbosari - sud hay’atlari raislari va sudyalaridan iborat. Oliy sud raisi va a’zolarini prezident taqdimnomasiga binoan saylaş Senat vakolatiga kiradi.











