1992-2008 yillarda Navoiy şahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Hamdamov Baxtiyor Ibragimoviç 13 iyun kuni 72 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Dilşod Mamarajabov xabar berdi.
Baxtiyor Hamdamov 1951 yil Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1977 yilda Farğona politexnika institutini injyener-mexanik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1977 yilda Navoiy sement zavodida çilangarlikdan boşlagan hamda 1986 yilgaça uşbu zavodda smena ustasi, mexanik, sex boşliği örinbosari, sex boşliği, boş mexanik va direktor örinbosari lavozimlarida işlagan.
Baxtiyor Hamdamov 1992 yilda Navoiy şahar hokimi etib tayinlangan. U uşbu lavozimda 16 yil faoliyat yuritgan. Hokimlikdan ketgaç, 2 yil Navoiy şahridagi MÇJlardan biriga direktor örinbosari bölgan Hamdamov 2011 yildan buyon nafaqada edi.












