Apple olti yillik tanaffusdan so‘ng yana dunyoning eng qimmat brendiga aylandi
Apple brendining narxi 947,1 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Apple kompaniyasi yana dunyoning eng qimmat brendi maqomini oldi. Bu haqda Brandz Top 100 Most Valuable Global Brands reytingida ma’lum qilindi.
Hozirda Apple brendining narxi 947,1 mlrd dollar deb baholanmoqda. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 55 foizga ko‘p.
Apple brendi mazkur reytingda oxirgi marta 2015 yilda birinchi o‘rinni egallagan, so‘ngra birinchilikni Amazon kompaniyasiga berib qo‘ygandi.
Reytingning yuqori beshtaligidan yana quyidagi kompaniyalar o‘rin oldi:
- Google - 820 mlrd dollar;
- Amazon - 706 mlrd dollar;
- Microsoft - 611 mlrd dollar;
- Tencent - 214 mlrd.
Ro‘yxatning yuqori o‘ntaligiga McDonald`s, Visa, Facebook, Alibaba va Louis Vuitton kompaniyalari kirdi.
Top-100talikka kirgan barcha brendlarning umumiy qiymati qariyb 8,7 trln dollarni tashkil etadi. Reytingga eng ko‘p brendi kirgan mamlakat AQSh bo‘ldi, undan keyingi o‘rinlarda Xitoy va Yevropa joylashgan.
Mavzuga oid
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024