Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina AQŞdan suyultirilgan gaz olişi mumkinligi haqida fikr bildirar ekan ikki yildan keyin Ukraina dunyo xaritasida mavjud bölişiga şubha bildirdi.

«Ukraina lend-liz böyiça okean ortidagi xöjayinlaridan ikki yildan keyin tölaş şarti bilan suyultirilgan gaz olmoqçi ekani haqida xabarlar öqidim. Aks holda qişda sovqotib qolişarkan.

Şu örinda savol tuğiladi: ikki yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina degan davlat mavjud böladi deb kim aytdi sizga? Amerikaliklarga esa farqi yöq, ular «anti-Rossiya» loyihasiga şunçalik berilib ketganki, qolgan narsalarning qiziği yöq», deb yozdi Medvedev Telegram-kanalida.

Ukraina 2022 yil qiş boşlanişi oldidan AQŞga 2 yildan keyin tölab beriş şarti bilan suyultirilgan gaz oliş böyiça sörov yuborgan. Şuningdek, Yaqin Şarq davlatlaridan suyultirilgan gaz oliş böyiça ham yordam söragan.