Ijtimoiy tarmoqlarda Şahrisabz şahridagi töyxonada bir kişi bir neça kişi tomonidan piçoqlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda yozilişiça, 2022 yil 12 iyun kuni soat 21:30 larda Şahrisabz şahrida joylaşgan töyxona oldida şaharning “Yangi hayot” MFYda yaşovçi S.J. hamşahri “Ğalaba” MFYda yaşovçi N.Q. va Şahrisabz tumani “Loliston” MFYda yaşovçi Q.A. bilan janjallaşib qolgan.

Janjal davomida N.Q. fuqaro S.J.ning öng bilak sohasi va öng oyoq boldir sohasiga piçoq bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada S.J. tan jarohati olib, Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi şifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Şahrisabz şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryoda qarz tufayli kelib çiqqan janjal odam ölimi bilan yakun topgandi.