Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Toshqulov 2022/23 o‘quv yili qabul kvotalari nega kechikkaniga izoh berdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’lum qilishicha, keyingi yildan kechikmasligi uchun kvotalar farmoyish asosida e’lon qilinadi.
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Oliy ta’lim ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul, professional ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov kvotalarni e’lon qilish kechikkani masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Vazirning izohlashicha, 2022/23 o‘quv yiligacha qabulga daxldor o‘zgarishlar ham, qabul kvotasi ham bitta qaror orqali e’lon qilingan. Qabulga aloqasi bo‘lgan o‘zgartirishlar ustida tortishuv ko‘p bo‘lib, qarorning o‘zgarishlarga xos bo‘lgan qismi muhokamasi hisobiga kvotalarni e’lon qilish ham biroz cho‘zilgan.
“Kvota ancha oldin tasdiqlangan edi. Shuning uchun keyingi o‘quv yillarida muammo bo‘lmasligi uchun, bu qaror va farmoyishda belgilanadi. Endi qaror chiqishi shart bo‘lmaydi. Kvotalar oldinroq chiqishi uchun farmoyish bilan chiqadi. Va bu qabulga aloqador o‘zgarishlar bilan yaxlitlanmaydi”, – dedi vazir.
Mavzuga oid
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
14:33 / 27.02.2026
Ta’lim maskanimi yoki diplom fabrikasi: oliy ta’limda bugun standartlar qanday?
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
19:25 / 24.02.2026